So’nggi yangiliklar

07:20Суперлига. Бугун 13-тур якунланади  0 06:10"Манчестер Сити" - "Ал Айн" 3:0 (Матнли трансляция)  7 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  1 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  2 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  131 00:35Погба янги клуби деярли маълум  2 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  75 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1

Futzal. "A" guruhi murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani Yangiliklar

Futzal. "A" guruhi murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani

Bugun futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga bag'ishlangan turnir-oldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Unda Qirg'iziston ustozi Andrey Polxovskiy, Livan bosh murabbiyi Fransisko Arauxo, O'zbekiston bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez va Saudiya Arabistoni ustozi Abdulloh Al Rashud qatnashdi.

Andrey Polxovskiy: “Qirg'iziston milliy terma jamoasi musobaqaga etarli darajada tayyorgarlik ko'rdi. Moskvada “Dinamo” klubi bazasida ikkita yig'in o'tkazdik. Bir qator kuchli klublarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdik. Buning mevasini Osiyo chempionatida ko'ramiz”.

Fransisko Arauxo: “Biz musobaqaga tayyorgarlik ko'rish jarayonida Livanda va Vengriyada yig'in hamda o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdik. Menimcha Osiyo chempionatida qitamizning eng kuchli jamoalari ishtirok etadi. Musobaqa keskin o'tadi deb o'ylayman. Asosiy maqsadimiz mundial yo'llanmalaridan birini qo'lga kiritish”.

Xose Mariya Mendez: “Oxirgi bir necha oyda Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rdik. Evropa va Osiyo jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdik. Menimcha biz eng qiyin guruhlardan biridan o'rin olganmiz. O'zbekiston hali hech qachon Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritmagan va o'z uyimizdagi musobaqada mundialga chiqishga harakat qilamiz”.

Abdulloh Al Rashud: “Eng avvalo musobaqa tashkilotchilariga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Saudiya Arabistoni mamlakatining eng yaxshi tomonlarini ko'rsatish uchun keldik. Osiyo chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Qita chempionatiga qadar kuchli jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdik. Toshkentdagi musobaqada yaxshi ishtirok etamiz deb umid qilaman”.



- Ertangi o'yindan oldin fikrlaringiz.
Qirg'iziston ustozi: Istalgan musobaqada ilk o'yin qiyin bo'ladi. Raqib juda kuchli. Livanni hayron qoldirishga urinib ko'ramiz.

Livan ustozi: Albatta Qirg'iziston terma jamoasi kuchli. Bir necha bor Osiyo chempionatlarida chorak finallarga chiqqan. Ularga qarshi o'ynash qiyin kechadi, ammo ertaga biz yutishga harakat qilamiz.

O'zbekiston ustozi: Hamkasblarim aytganidek dastlabki o'yin doim og'ir o'tadi. Ammo o'z muxlislarimiz qarshisida ilk o'yinda g'alaba qozonishga urinamiz. Saudiya Arabistoni terma jamoasini uzoq vaqtdan buyon kuzatdik. Ularning potenciali juda katta. Hali muxlislar bu jamoa o'yinini ko'rib hayratga tushishadi.

Saudiya Arabistoni: O'zbekiston ham jamoa, ham tarkib jihatidan katta tajribaga ega jamoa hisoblanadi. Bu jamoaga qarshi o'yinda g'alaba qozona olamiz deb umid qilamiz.
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика