"Futbolni shunchalik yaxshi tushunsangiz nima uchun bu yerda emassiz?". Pochettino Mbappe haqidagi savolga javob berdi

Aziz Tukhtamuradov
4 dek 2021, 08:51
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Lans"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida jurnalist savoliga keskin javob berdi.

Jurnalistning fikricha, PSJdagi hujum chizig'ining tuzilishi, Kilian Mbappening hujumchilik sifatlarini ochib berolmayapti. Pochettinodan aynan shu haqida so'rashdi.

"Men tushunmagan savolimga javob bera olmayman. Savolning manosini tushunmadim. 

Agar siz futbolni yaxshi tushunsangiz nima uchun bu yerda o'tirmayapsiz? Oldimda nima qilyapsiz?", - deb javob berdi Pochettino. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Tyc Sports