So’nggi yangiliklar

21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  5 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  9 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  3 20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  3 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  10 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  162 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  1 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  1 19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  2 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  2 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  31 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  41

Futbolni rivojlantirishga faqat O'FF masulmi? Yangiliklar

Futbolni rivojlantirishga faqat O'FF masulmi?

Teglar :  FutbolO'FF
Hali o'zgarish bo'lganiga yarim yil bo'lmagan tashkilotdan bazida ko'p narsa talab qilib yuborayapmiz.

Minglab ishqibozlarning talab va istaklari bilan juda aksar mutaxassislar O'FFda o'z faoliyatini yakunladilar. Ishdan ketganlarning aksari o'ziga yarasha mutaxassis edi. Futbolimizda, huddi futbolchi kabi, futbol mutaxassislari ham "deficit" hisoblanadi. Bir deganda, har bir og'riqli nuqtani malakali xodimlar bilan to'ldirib bo'lmaydi. Qiyin, juda qiyin. Ayniqsa viloyat futbol federaciyalarini o'nglash kerak bo'lgan bir paytda, kim degan o'rinli savolga javob yo'q. Anatoliy Kurasov hayotdan ko'z yumgach, Qashqadaryodagi bolalar futboli ham orqaga ketib qoldi. Baxtimizga "Nasaf" o'zini o'nglab oldi. "Mashal"ning akademiyasidan asar ham qolmadi. U erda faoliyat olib borgan sobiq xodimlar, bugungi kunda unga achinish ko'zi bilan qarayaptilar. "SHo'rtan"dagi sharoitni ko'rib istagan evropalik u erda ishlashni istardi, ammo jamoa bolalar futboliga umuman etibor qilmagan. Agar Qashqadaryodagi qolgan klublar ham "Nasaf"dek ishlaganidami, bugunga kelib "Nasaf" allaqachon chempionga aylangan bo'lardi. Qashqadaryo ikkinchi futbol poytaxti bo'lishi uchun, qolgan ikkita klubda "Nasaf"dagidek menejementni bo'lmagani pand berdi.


Bir deganda, har bir og'riqli nuqtani malakali xodimlar bilan to'ldirib bo'lmaydi.



Toshkentni chetga surib turamiz. Qashqadaryoni o'zida shunday muammo bor paytda, boshqa viloyatlardan nimani kutishimiz mumkin? Masalan futbol bo'yicha eng ko'p Respublika musobaqalariga Buxoro mezbonlik qiladi. OAVdan ancha uzoq, kamera ham etib bormaydi. Yarim finalga etib borgan jamoa murabbiylari 1 yil davomida qo'shimcha haq oladilar. SHuning uchun uyushgan guruh azolari avvaldan kim yarim finalga chiqishini hal qilib qo'yadilar. Aslida mana shular futbol "qotillari". Buni osonlik bilan bajaradilar. Tap-tayyor yoshi katta o'yinchilarni musobaqadan avval tayyorlab qo'yadilar, hakamlar ham naqt qilingan, qo'lga o'rgatilgan, istagan ishni qilish mumkin. Kim "kassa" topshirgan bo'lsa marra o'shaniki, yarim finaldasan va bir yil davomida maoshing joyida. Bu ishlardan hech kimni xabari yo'q deb o'ylaydilar, aslida unday emas, oz qoldi. 2018 yildan etiboran O'FF bu ishni ham o'z nazoratiga olishni mo'ljal qilgan. SHuning uchun ham viloyat futbol federaciyalarining Vice-prezidentlari attestaciyadan o'tadigan bo'lib turibdilar. Ko'pchiligi yiqilishi aniq. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini Osiyo chempionatiga yo'l ola bilmaganida ko'proq ayb ularda, sababi Toshkent va Toshkent viloyatidan boshqa biron-bir viloyatda muntazam yoshma yosh 6-7 oy davom etadigan viloyat birinchiligi yo'q.

Viloyat birinchiligini yo'lga qo'ymasdan turib, biz qanday qilib o'yin amaliyotiga ega bo'laylik? Buni ortidan salbiy oqibatlar kelib chiqayotganini bilsangiz edi. Masalan, viloyatlarda birinchilikni yo'qligi tufayli ko'pchilik farzandini Toshkent va Qarshiga ("Nasaf") yuborayapti. Tabiiyki bolaning kuchi u erdagilaridan o'yin amaliyotining yo'qligi sabab biroz past. Natijada o'sha bolakay yoshini kichraytirib, Toshkent va Qarshida o'z yoshida javlon urib, endi ulg'ayotgan o'spirinni joyini egallayapti. Natijada nima bo'layapti, yillar o'tib yoshi katta futbolchi o'yindan chiqayapti, o'z o'rnini nosog'lom raqobat tufayli berib qo'ygan mahalliy bolakay esa futboldan sovub uni tashlab yuborayapti.


O'zbekistonda 26ta futbol internati mavjud. Unda 5 sinfdan 4 mahallik ovqati bilan yotog'i bor. Bir paytlar undan Yuriy Sarkisyan unumli foydalanardi.



Bu hali hammasi emas, ota-onadan uzoqlashgan farzandning tarbiyasi qaerga qarab ketayapti? Hech qaysi murabbiy, hech qachon ota yoki onaning o'rnini bosa olmaydi. Uning issiq sovug'idan kim xabar olayapti. Bola o'z paytida uxlab, bemaza filmlarni tomosha qilmayaptimi? Hech kim unga aniq javob bera olmaydi. SHuning uchun ham futbolimizda so'nggi yillarda orqaga ketish bo'ldi. Evropada 16 yoshgacha farzandingizni olmaydi, agar siz uyingizdan qatnamasangiz. 16 yoshgacha farzand tarbiyasi ota-ona qaromg'ida bo'lishi kerak.

SHu muammolar bo'lmasdi, agar barcha viloyatda muntazam chempionat bo'lganida, barcha oliy va birinchi liga klublari o'z maktablariga qaraganlarida. O'zbekistonda 26ta futbol internati mavjud. Unda 5 sinfdan 4 mahallik ovqati bilan yotog'i bor. Bir paytlar undan Yuriy Sarkisyan unumli foydalanardi. O'sha ko'p bora intervyularida aytadigan, qishloqma qishloq yurib bola istashi, aynan shu liceylarni yaxshi saviyadagi futbolchilar bilan to'ldirishi uchun bo'lgan. Sarkisyanni qadriga etmadi "Neftchi", mana bugun o'ylanib o'tiribdi, qaysi ligada o'ynashini bilmay. Viloyat futbol federaciyasi ham parokandalikka yuz tutgan. "Oltin Vodiy" loyihasi orqali uni qayta tiklanmasa, farg'onalik muxlislar aziyat chekib yuraveradilar.


Super ligada 1997 yilda tavallud topgan futbolchilarni majburiy o'ynatishga "Qo'qon-1912" klubi rahbari etiroz bilan chiqdi. Agar Sizlarni majburlamasa, qachon yoshlarga imkon berasizlar? Yoki Quvondiq va Javohir misolida ijaraga olib o'ynatib, yana qo'yib yuborish yoqadimi? No'mon Hasanov 11 kishi bilan mavsumni o'tkazib bo'lmasligini aytib o'tdi, to'g'ri. 11 kishi 14ta bo'lishi uchun mehnat qilish kerak. “Qo'qon-1912”ni bu yil yoshlar ligasida ko'rsatgan natijasi uchun esa rahbariyatga rahmat aytamiz, bu tomondan ular bunga haqlilar. Maqola orqali birovni dilini og'ritish niyatimiz yo'q. Faqat tanganing ikkinchi tomoniga bir nazar tashlaylik. "Qizilqum"ni qarang, jamoaning o'rtacha yoshi 2017 yilda 30dan ham oshdi. Bu futbol uchun fojea!


Vodiy jamoalari rahbarlarini topib olgan gapi bitta, "natija qilmasak muxlislar ustimizdan hokimiyatga arz qiladilar"



"Navbahor"dagi muammoni aytamasa ham bo'ladi. Xo'ja ko'rsinga yaqinda klub maktabiga etibor qilingandek bo'ldi. Yakunda 20ta to'p ham olib berilmadi. Jamoaning aksar futbolchilari bilan tuzilgan shartnoma yakuniga etdi. Kelasi yil yana millionlar ishlatiladi, ularni olib qolishga. Qachongacha pulni bekorga sarf qilamiz?

Vodiy jamoalari rahbarlarini topib olgan gapi bitta, "natija qilmasak muxlislar ustimizdan hokimiyatga arz qiladilar". To'g'ri arz qilayapti, qiladi hamda, birontasining farzandi o'ynamasa, biron kishining nabirasi, biron kishining ukasi, o'sha klub hisobidan oddiy musobaqalarga bormasa. Ular arz qilmay, kim qilsin? CHustlik bolakayni "Navbahor" o'z maktabiga olib, uni kiyintirib, poytaxt va boshqa erlarda bo'ladigan musobaqalarga borish harajatini ko'tarsin. Yoki uchko'priklik bolakayni "Qo'qon-1912", yoki Quvadagi bolajonni "Neftchi", asakalikni "Andijon". Qishloqda gap turmaydi, hamma maqtanadi, u klub bolamni kiyintirib musobaqaga olib bordi deydi. Mahalla raisi barchani oldida sharaf bilan maqtanadi. SHundan keyin o'ylab ko'ring, o'z farzandi to'p tepadigan klub yutqazsa ustingizdan arz qiladimi? Yo'q albatta, hozirchi, hozirgi vaziyatga bir chetdan nazar tashlang! Nega maqolani vodiy misolida keltirdik, sababi birgina vodiyda 10 milliondan ortiq aholi yashaydi, bu O'zbekistonni uchdan biri degani. Vodiyda ishni to'g'ri yo'lga qo'yish orqali biz yana bitta terma jamoaga ega chiqishimiz mumkinligini klub rahbarlari o'ylab ko'rganmikinlar?

Poytaxtda bo'ladigan musobaqalarga vodiy jamoalari juda ko'p marotaba keladilar. Bechoralar, 15 kishiga bitta kvartira olib, bozor qilib kamida 5 kun qiynaladilar. Sababi klublaridan ularga mablag' ajratilmaydi. Pul yo'q. Birgina sifatsiz legionerning yillik maoshiga butun boshli maktabni sifatli yuritish mumkinligini qachon tushunib etisharkin? SHu ham adolatdanmi? SHunday voqealardan keyin O'zbekiston terma jamoasi emas, Yaponiya jahon chempionatiga chiqishiga ajablanib qarashimiz kerakmi?


Endi mavzuga qaytsak. 3 oy bo'ldi, O'FF va PFL tomonidan turli tuman qarorlar chiqayapti. Lekin hozircha barchasi so'roq ostida, o'zgartirish kiritilishi mumkin bo'lgan vaziyat. Takliflar faqat va faqat OAVdan bo'layapti. Nima, futbolni qutqarish faqat OAVga kerakmi? Yoki tashkilotimizga qo'ng'iroq qilib, uni yozing, buni yozing, unday, bunday deyish bilan futbolni qutqarmoqchimi mutaxassislarimiz? Nima uchun o'sha fikrlarni bir qog'ozga jamlab O'FFga olib borish kerak emas, nima uchun o'sha fikrlarni asoslagan holda intervyu shaklida berish kerak emas? Nima uchun birorta federaciya vakili shu kungacha O'FF binosiga kelib o'z shahri bolalar futbolini qanday ko'rayotganligini asoslab bera olmadi? Sababi oddiy, o'z joyida birovga halaqit bermay o'tirish. O'zbek futboliga zarracha xissa qo'shmay turib, yakunda biron bir muvaffaqiyatsizlikka uchralsa uni boshqalarga ag'darib qo'yish.

Deylik, scenariy mavjud. Barchaning sevimli gapi, scenariy yozilgan, poytaxt klublari uchlikda bo'lishi kerak. Nega, "Nasaf" ananalarni buzayapti? Nega, "Nasaf" qilgan ishni boshqa klublar qila olmayapti? "Bunyodkor" Sochida, "Paxtakor" Moskvada degan xabarlarni ko'p bora o'qiymiz, qachon bolalar futbolida "So'g'diyona" hech bo'lmasa Olma Otada, "Qizilqum" CHimkentda, "Dinamo" Moskvada degan xabarlarga ko'zimiz tushadi? Ota-ona yoki biron bir istedodli bolakayning akasi sifatida siz ham aslida shuni istaysiz, to'g'rimi?


Takliflar faqat va faqat OAVdan bo'layapti. Nima, futbolni qutqarish faqat OAVga kerakmi? Yoki tashkilotimizga qo'ng'iroq qilib, uni yozing, buni yozing, unday, bunday deyish bilan futbolni qutqarmoqchimi mutaxassislarimiz?



2018 yildan etiboran birinchi liga ham professional ligaga aylantirildi. Quvonarlisi shundaki, endi faqat oliy liga jamoalari emas, quyi liga vakillari ham o'z futbol maktablariga ega bo'lishlari kerak bo'ladi.

Bu maqola asosan "mutaxassislar" uchun yozildi. SHunchaki, Vatan oldidagi burchlarini eslatib qo'ydik. O'quvchilar, iltimos maqolaga keskin fikr bildirib, unda boshqa manoni qidirmang. Boshlanishiga o'yladik, shu maqolaga fikr qoldirishni cheklasakmikin deb. Lekin uni ochiq qoldirdik, sababi Sizning fikrlaringiz orqali joylardagi muammoalarni o'qish biz uchun kerak. Real ko'z bilan qaraylik, qaysi biringizni farzandingiz o'z qishlog'ida futboldan rohat olayapti, qaysi biringiz farzandingizni o'z hisobingizdan emas, klub hisobidan safarlarga yuborayapsiz?

Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика