So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Futbolimiz sharafsizlariga (FR blogi) Yangiliklar

Futbolimiz sharafsizlariga (FR blogi)

Vafot etganlarda tanlash imkoniyati yo'q, ularning qarshisida faqat bitta yo'l bor: u ham bo'lsa, mozorga yo'nalgan.

O'lgunga qadar qarshimizda terilib turgan yo'llardan tashqari, tanlov erkinligimiz ham bo'ladi. Masalan, sizni ushbu maqolaga kirish uchun kimsa majburlamagani kabi. 

Erinmagan banda, oxirgi 6 oyda shundaylardan 183 tasini yozib qo'yibman. Barchasi o'zbek futboliga atalgan va tanqidiy ruhdagilari salmoqli. Bugun tahdidlar bilan bezatilgan navbatdagi "guldasta"ni ola turib, o'ylab qoldim: 20 yoshda anchagina dushman orttirib ulguribman. Nima qilyapman? Qaerga ketyapman? Bu yo'lning oxirida nima bor?

Jurnalistning o'z funkciyasi mavjud. Biz axborot beramiz, qo'lidan kelganlar yo'l ko'rsatadi, yana ham ustunroqlar tahlil qiladi, Xudodan boshqasidan qo'rqmaydiganlar tanqiddan ham qochmaydi.

Men jurnalistikaga kirib kelgan vaqtlarim sport olamida tanqidiy ruhda qalam tebratadigan sanoqli ustozlarimiz bor, ular orasida faqatgina Alisher Nikimbaev faol edi. Ko'plar o'zbek futboli haqida yozmay qo'ygan yoki uning ichida boshqa funkciyani bajara boshlagandi. 

Bazi xatolarni payqashga aqlim etgani uchun ularni ommaga ko'rsatishni boshladim. Qanchalik uddaladim yoki yo'q, 1 yil ichida rahbariyatdan tortib oddiy o'yinchigacha — barchani o'zim bilan hisoblashishga majbur qila oldim.

Jurnalistika orqali qiladigan daromadim juda ham kichkina. Bu sohada qolsam, o'zbek futbolchilar yoki bazi murabbiylarning yillik daromadini bir umr ishlab ham topa olmasligimni idrok qilaman. Ammo ularning barchasidan ustunroqman.

CHunki men xalq yoki davlat pullari bilan moliyalashtiriladigan o'zbek futboliga katta pul topish, boyib ketish uchun kirib kelmadim. Xususiy nashrdagi faoliyatim davomida hech qachon birovdan rag'bat kutmadim. Aksincha, uning oz bo'lsa ham yaxshilanishi uchun qo'limdan kelgan hammasini qilib kelyapman (shunchaki, yaxshi ko'rganim uchun).

Odam bolasi 9 ta maqtovni unutib, 1 ta tanqidni eslab qolaverar ekan, dushmanlik qiladiganlar ortib boraveradi, nachora. Lekin to'xtab qolish yo'q. Qandaydir kichkina odamchalarning jussasidan kattaroq tahdidlaridan qo'rqsam, bu yo'lni tanlamas edim. SHu tufayli barchangizga ulkan sabr tilayman...

P.s. Bandasidan cho'chimayman. Telefon raqamimni ommaga tarqatib, yaqinlarimning tinchini buzayotganlardan hech qo'rqmayman. Umid qilamanki, bugun erkak bo'lishni eplolmaganlar ham qachondir katta yigitga aylanishadi. 

Muallif :
Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика