So’nggi yangiliklar

00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  0 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  0 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  1 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  22 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   26 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2

Futbolimiz "cho'qqisi"ga mahliyo bo'lavermang, u erda "qashqirlar" bor yoxud chiptalar qaerga yo'qoldi? Yangiliklar

Futbolimiz "cho'qqisi"ga mahliyo bo'lavermang, u erda "qashqirlar" bor yoxud chiptalar qaerga yo'qoldi?

Saytimiz xodimi Oqil Abdubarnoevning chiptalar borasidagi fikrlariga yuz foiz qo'shilaman.

Futbol xalq uchunmi, Xalk uchunmi?

Har bahor shu bo'lar takror. CHipta masalasi o'z vaqtida terma jamoalar markazi vaqtida ham tartibga solinmagan, "o'yinlar" bo'lib ketgan. Garchi bugungi kunda tizm elektronlashgan bo'lsada, unga munosabat "eski hammom, eski tos". 

Erta tongdan chipta izlash uchun Iticket.uz saytiga kirdim. Buni qarangki, bir kechadayoq hali sotuvga chiqmagan chiptalar allaqachon "tuya" qilib bo'lingan ekan. Suriya bilan ochilish uchrashuvidan avval O'FA  bilan bog'langanimizda chipta borasida hammasiga Iticket.uz javob berishini aytgani. O'FA aralashBu bugun tunda olingan surat. Hali sotuvga chiqmagan chiptalar eng ko'p sotilgan, deb qo'yilibdi. 

Bu esa bugun tongdagi olingan surat. Unda esa 11 mart kunidan o'rin olgan faqat Eron - Iroq uchrashuvi uchun chipta borligi ko'rsatib o'tilgan. Iticket.uz operatorlari bilan bog'lanishning imkoni bo'lmadi. Agarda "rostdan" ham hamma chiptalar shu saytdan olinsa, ular javobgar bo'lsa, chiptalar qaerga yo'qoldi? "Bunyodkor" stadioni kassalarida yana turna ham xijolat navbatlar ko'ramizmi? Bizdagi malumotlarga qaraganda, tungi 12:00 dan so'ng qisqa vaqtga portal ochilgan va ko'p o'tmay yopib qo'yilgan. Bu vaziyatda 2ta taxmin bildirish mumkin. Katta ehtimol bilan chiptalar qo'lga o'tib bo'lgan.  Yani chayqovchilar yoppasiga biletlarni sotib olishgan. Ikkinchi taxmin chiptalarning barchasi saytda emas, stadion kassasida. Agar bunday bo'lsa, Iticket.uz`ni nima keragi bor? Endi O'FA tomon yuzlanamiz. Musobaqani aynan siz o'tkazyapsiz, Iticket emas. SHunday ekan bunda sizning ham aybingiz katta. 

JCH-2014 saralash bosqichi, Qatar bilan so'nggi uchrashuv "Bunyodkor" stadionida kechgan. Aniq esimda, o'sha uchrashuv atrofida ham chipta bilan bog'liq muammolar, olib sotarlarga chiqib ketishi, chiptasi borlar kirolmay qolgani  bilan bog'liq muammolar avj olgandi. O'sha paytda terma jamoalar bo'limi alohida tashkilot sifatida faoliyat yuritardi. Hozir ham o'shandan kam bo'lmagan vaziyat.

 



Said Ahmadning "Jimjitlik" romanida shunday jumla ishlatilgan: 

- Bu cho'qqilarga ko'p tikilaverma, mahliyo bo'laverma bolam. Bu tog'larda qashqirlar bor. 

Biz ham futbolimizning cho'qqisiga qaraymizku, u erda "qashqirlar" borligi yodimizga tushadi. CHiptalar qaerga yo'qolgani, aynan hal qiluvchi pallada ular paydo bo'lib qolishini bilgandirsiz. Nega ikkinchi yildirki, xatodan xulosa qilinmayotgani xayron qoldiradi.  CHunki bundan aynan "qashqirlar"ning o'zi manfaatdor.  Birozdan so'ng "Bunyodkor" stadioni kassalari tomon yo'l olamiz. U erdagi vaziyat ham malumot beramiz. 

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика