Futboldan ketgan kunim odamlar bundan xafa bo'lishlarini istayman... Buffondan eng sara iqtiboslar
14 noy 2017 10:10
Yangiliklar
Futboldan ketgan kunim odamlar bundan xafa bo'lishlarini istayman... Buffondan eng sara iqtiboslar
Biz o'quvchilarimizga 39 yoshli posbonning eng mashhur va ibratli iqtiboslarini taqdim etishga qaror qildik.
Darvozabon ekanligimdan faxrlanaman. Bu kasbda eng asosiysi – qolganlarga ishonchni singdirish. Golkiper nima his qilayotgan bo'lsa ham bu ishni qilishi lozim. Xatto o'ziga ishonmayotgan bo'lsa ham, qolganlarga vaziyatni nazorat qilayotganini ko'rsatishi kerak.
Barcha bolalar kabi futbol o'ynashni darvozada boshlamaganman. Gol urishni yoqtirardim, axir futbolda eng zo'ri mana shuku. Keyin, olti-etti yoshda, yarim himoya yoki so'nggi himoyachi o'rnida o'ynardim. Darvozaga turishni otam maslahat bergan. G'alati bo'lgan. Bir yil shu joyda o'ynadim va yana maydonga qaytishni rejalashtirib qo'ydim. Ammo besh-olti oydan so'ng ishlarim yurishib ketdi, bir yildan so'ng «Parma»da paydo bo'ldim. Balki, darvozabon bo'lishim taqdirda bitilgan bo'lsa kerak.
Faoliyatimda yaqinlarim juda katta rol o'ynashdi. Eng yaxshi sportchilar oilasi, mening ishimni juda osonlashtirdi, eyforiya vaqtida o'zimni bosib turishga yordam berdi, og'ir kunlarda esa qo'llab quvvatlardi.
Maydonda mamlakatimiz rangini himoya qilaman, bayrog'imizni yaxshi ko'raman va madhiyamizni aytaman. Hozirgidan ko'ra vatanparvarroq italiyalik bo'la olmayman.
Futbol – shunchaki biznes emas, bu hissiyotlar ham demakdir. Bularsiz futbol o'ladi, barchamiz buni bilamiz. O'zim orqali qadriyatlar hamon yashayotganini ko'rsatishga urindim.
Ko'p baqirishim odamlarning g'ashiga tegadi. Ular buni kameraga atayin qiladi deb o'ylashadi. Demak to'g'ri javob: buni shou uchun atayin qilaman, axir futbol – cirk, biz esa – masxarabozlarmiz.
Darvozabon jahldor bo'lishi kerak. U hakamga o'xshab ketadi. U buyruq berishga haqli, ammo gol ura olmaydi va to'xtovsiz haqoratlarga chidashga majbur. Ruhiyat birinchi o'rinda bo'lishi kerak. Men uchun xato – shok. Men doim xato qiladiganlarga hasad qilaman, sababi ularning shoki u qadar katta bo'lmaydi.
31 yoshda belimni operaciya qildirdim. Ko'pchilik menga futbolni bas qilishimni maslahat berishdi. Sakkiz yil o'tdi, o'zimni baxtli his qilayapman. Qo'rqmaydigan odamlarga ishonmang: 22 yillik faoliyatimdan keyin men qo'rqaman.
Depressiyaga tushib qolganman. Dunyo oyoqlarim ostida yotardi, ammo depressiya minglab insonlarni, ularning puli va mashhurligiga qarab o'tirmaydi. Odamlar, muxlislar ularga o'zingizni qanday his qilayotganingiz bir tiyin. Ular futbolchilarga havas qilishadi va ishlaringiz haqida so'rashmaydi.
Depressiya ustidan g'alaba – hayotimdagi eng yaxshi seyv.
Doim optimistik, ijobiy va hayotdan xursandman. Mening kuchim mana shunda.
Manzildan ko'ra yo'l muhimroq, kurash g'alabadan chiroyli.
Balki men avtomobillar qiziqtirmaydigan dunyodagi yagona futbolchi bo'lsam kerak. Mening "Lancia Y" markali mashinam istalgan joyimga olib borib qo'yadi.
Hech qachon darvozabon bo'lmagan jurnalist, muxlis yoki murabbiy jarima maydoniga to'p uzatilgan vaziyatda menga to'pga chiqish kerak ekan desa kulaman. Sababi ular qanday safsata haqida gapirishayotganini bilaman.
Mening eng katta kamchiligim – ochopatligim. O'zimni ushlab turishga harakat qilaman, axir men sportsmenman, ammo haftada bir marta molga aylanib oddiy odamlar kabi bo'kib qolaman.
Diplomni sotib olganimga hamon ota onamning oldida xijolat chekaman. Xatto bu diplom bilan universitetga ham kirmoqchi bo'lganman.
Juda ham dangasa insonman. Ish kunim qisqaligidan xursandman.
Yoshlikda gol urasiz. Keyin katta bo'lasiz, aqlingiz kamayadi va darvozabonga aylanasiz.
Yoshimdan qatiy nazar doim yaxshi saviyada o'ynashni istayman. Futboldan ketgan kunim odamlar bundan xafa bo'lishlarini istayman.
12 yoshimda sizdan yuz o'girganman. O'tmishimni unutib, xavfsiz kelajak uchun shunday qilganman. Yurak amri. Instinkt. Sizga qaramay qo'ygan kundan boshlab sizni sevishni boshlaganman. Sizni himoya qilish vazifam. Siz bilan yuzma-yuz bo'lmaslik uchun borimni beraman. Yoki bunday holatlar imkon qadar kamroq bo'lishini istayman. Har safar bu sodir bo'lsa sizlarga pand berganimdan xafa bo'laman. Biz doim qarama qarshi bo'lganmiz, bir birimizni to'ldirib turardik. Xuddi oy va quyosh singari. 25 yil oldin o'z tanlovimni amalga oshirganman. Sizni himoya qilishga qasam ichganman. Dushmanlar uchun sizning qalqoningizman. 12 yoshimda sizdan yuz o'girganman, oyoqlarim, boshim va yuragim buni qila olguncha sizni himoya qilaveraman.
Buffonning darvozaga atab yozgan ochiq xati
«Mening yoshimda shunday sovringa ega chiqish ajoyib natija. Klubim, murabbiyim, jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Menga ovoz berganlarga rahmat. Oxirgi yil «Yuventus» va men uchun fantastik bo'ldi. To'g'ri, Evropada chempion bo'la olmadik. Yangi yilda «Yuventus» va Italiya terma jamoasi bilan yanada yaxshiroq o'ynaymiz deb umid qilaman.
Agar iloji bo'lsa faoliyatimni ajoyib g'alaba bilan tugatmoqchiman»
FIFA talqiniga ko'ra 2017 yil dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb topilganidan so'ng aytgan fikrlari
“Men terma jamoani tark etyapman va uni yosh futbolchilarga qoldiryapman. Italiya futbolining kelajagi bor. O'n yil davomida terma jamoa libosida Bardzali, Bonuchchi, Kellini va De Rossi bilan birga o'ynadik. Bugun ular ham terma jamoadagi so'nggi o'yinlarini o'tkazishdi”
Fikrlar