So’nggi yangiliklar

13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  1 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  7 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  13 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  8 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  0 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  6 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  8 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  20 07:40Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2

Futbolda adolat yo'q, bo'lmaydi ham! Yangiliklar

Futbolda adolat yo'q, bo'lmaydi ham!

2021 yilgi mavsumda faqat 2 hakamning (Vadim Agishev va Firdavs Norsafarov) harakatlariga tezkorlik bilan baho berdim (referining yakuniy hushtagidan keyin 1-2 soat oralig'ida).

Garchi keyinchalik sobiq arbitrlar va tajribali ekspertlar har 2 fikrimni tasdiqlagan bo'lsa-da, shaxsiy pochtam qarshilik va namanganlik ishqibozlarning muhabbatga to'la xatlariga to'lib ketdi. SHu tufayli 4 iyul kuni o'tkazilgan va ko'p doiralarda muhokamaga sabab bo'layotgan o'yinga biroz boshqa tomondan nazar solishga qaror qildim.

Nasaf

Husayin Norchaev - 53'

Superliga. 12-tur

04/07/2021, 20:00

0
:
1
Tugadi

So'g'diyona

45'
90'
40'  Marko Stanoevich
52'  Muhriddin Zoirov (Oybek Bozorov)
53'  Husayin Norchaev
53'  SHerzod Nasrullaev
69'  Husayin Norchaev (Sukhrob Nurulloyev)
90'  SHerzod Nasrullaev
90'  Umar Eshmurodov
90'  Husniddin Aliqulov
46'  Iskandar SHaykulov (Ergash Ismoilov)
90'  Jamshid Boltaboev
90'  Luka CHermel
90'  Marko Kolakovich

"So'g'diyona"ning mag'lubiyatidan Superliga yutqazdi

Ulug'bek Baqoev shogirdlari musobaqa g'olibigi uchun asosiy davogarlardan biri bo'lib turgandi. "Nasaf"ga yutqaziqdan keyin jizzaxliklar va peshqadam "Paxtakor" orasidagi tafovut 9 ochkoga etdi. Yani chempionlik poygasining taqdiri 1-davra yakuniga etmay turib, hal bo'lgandek taassurot qoldira boshladi.

Uchrashuvdagi keskinlik ijobiydir

Men nafaqat hayotda, balki sportning ichidagi tajovuzkorlik, agressiya va shiddatga qarshiman. SHu tufayli sportning raqibini jarohatlash, jismonan zarar etkazish asosida qurilgan turlariga yaxshi ko'z bilan qaray olmayman. Ammo, futbol maydonidagi o'yinchilar orasida yuzaga keladigan keskinlik, dahanaki janglardan noliydiganlarni ham sira tushunmayman. 


Maydondagi keskinlikdan faqat futbol yutadi. Yani, jamoalar orasida principiallik paydo bo'lishi o'z-o'zidan chempionatdagi navbatchi o'yinlarni yo'q qiladi. Agar barcha uchrashuvlar "Navbahor" — "Paxtakor" yoki "Nasaf" — "So'g'diyona"dek o'tsa, odamlari allaqachon APL tomoshasidan ham voz kechishardi...

VAR haqida

Qarshidagi o'yinda VAR sistemasi ishladi va etirozlarga sabab bo'lgan epizodning asosiy ishtirokchisiga aylandi. Mazkur holat 1 yil muqaddam sodir bo'lsa, muzkur tizim yo'qligi tufayli "So'g'diyona"ning goli hisobga olinar va "Nasaf" 2 ochkodan mahrum qilinardi. Biroq, Qarshidagi o'yinda VAR ishladi va o'yin taqdiriga jiddiy tasir ko'rsatdi. 


Yuqorida aytganimdek, ushbu qarorni muhokama qilmoqchi emasman. SHunchaki, futbol maydonidagi nohaqliklarni yo'q qilish uchun ishlab chiqilgan tizimni keskin tanqid qilayotganlarga bir narsani eslatib qo'ymoqchiman: bosh hakam ham, VARda o'tirganlar ham inson va hech qaysi qul xatolardan kafolatlanmagan (shu jumladan siz ham). Xato va xiyonatning orasida ming km masofa bor. SHu tufayli har xatoni xiyonatga yo'yishning o'zi xato.

Hakamlar xato qilaversa, adolat qaerda qoladi, degan savol tug'ilishi mumkin. Ammo, unutmangki, ...

futbolda adolat yo'q.

Nima deb o'ylaysiz, kecha VAR ishga tushganidan keyin Nasibullaev golni hisobga olsa, "Nasaf" tomon etiroz bildirmas edimi? Ho'kizning bolalashiga ishonsam ham, bunga ishonmayman. Yani, Nasibullaev golni inobatga olsa ham, olmasa ham tanqidlar yomg'iri ostida qolishi aniq edi. CHunki manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelgan har holatda odam bolasi adekvatligini yo'qotadi. Aslida ularni ayblash ham noto'g'ri. 

Futbol shunday sportki, unda bir vaziyat uchun 3ta hakamning barchasi turli xil qaror qabul qilishi va ularning barchasi to'g'ri bo'lishi mumkin. Masalan, jarima maydoni ichida to'pning qo'l bilan o'ynalishini olaylik. SHunaqa vaziyatda Ermatov to'p qo'lni topganligi uchun o'yinni davom ettirishga qaror qilsa (1), Kollina penalti belgilashi mumkin (2). VARda o'tirgan Klattenburg esa penaltini bekor qilib (3), butunlay boshqa sabab - masofaning qisqaligini ko'rsatishi mumkin. 

Va yuqoridagi hakamlarning barchasi o'z qarorini izohlab bera oladi. SHunga qaramay, o'sha vaziyatda aziyat chekkan tomon referini adolatsizlikda ayblayveradi. Futbolda, umuman hayotda barchani birdek xursand qilishning iloji yo'q — xafalar esa mudom adolatning yo'qligidan nolishadi. Demak, bu holat to abad davom etadi. Agar futboldagi hakamlikdan inson faktorini butunlay o'chirib, kompyuterlarga topshirib qo'ysangiz ham noliguvchilar topilaveradi. Deylik, kompyuter "Paxtakor" yoki "Navbahor" darvozasiga penalti belgiladi. O'shanda ham muxlislarning bir qismi norozi bo'ladi va kompyuterni dasturlaganlarni ayblab chiqadi. Xullas, futbolda adolat yo'q. Ammo...

Taqdir adolatli

Futbol, boks yoki qaysidir sudda adolat bo'lmasligi mumkin. Biroq, taqdirning tarozisidan qochib bo'lmaydi. Bugun Ulug'bek Baqoev jamoasi va uning muxlislari "Nasaf"ga qarshi o'yindagi hakamlikdan nolib, 1 ochko tortib olinganini aytmoqda. Ularga Superliganing 2-turi doirasida Jizzaxda o'tkazilgan "Turon" bilan o'yinni eslatib qo'ymoqchiman. O'shanda "So'g'diyona"ga 3 ochko keltirgan gol 11 metrlik jarimadan urilgan, penalti esa yaypanlik futbolchi o'z jarima maydonida to'pga boshi bilan (qo'li emas!) o'ynagani uchun qo'yilgandi. Buni hamma unutgan bo'lishi mumkin, lekin taqdirning xotirasi kuchliroq...


Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика