So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  147 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  3 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  130 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

“Himoyachilar qo'llarini kesib tashlashlari kerakmi?” Yangiliklar

“Himoyachilar qo'llarini kesib tashlashlari kerakmi?”

“Atalanta” bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini Italiya A seriyasi 32-turida “Yuventus”ga (2:2) qarshi bellashuvdan keyin uchrashuv hakamlarning qarorlaridan norozi bo'ldi.

Mazkur bellashuvda bosh hakam  “Atalanta” darvozasiga ikki marta penalti belgiladi.

“Nima qilish kerak, qo'lni kesib tashlash kerami? Raqib to'pni uzatayotganda qo'lni oldinga qo'yib himoyalanish – eng to'g'ri yo'l. Bunga o'xshash holatlarda penalti belgilanishi birinchi marta emas. Bu kabi vaziyatlar mavsum davomida ko'plab holatlarda kuzatildi. Bu erda (Italiyada) qonun qoidalar boshqalarnikidan farq qiladi. Boshqa davlatlarda bu kabi holatlar uchun penalti belgilanmaydi. Biz A seriya lideriga qarshi yaxshi o'yin ko'rsata oldiik. Yigitlarga ECHL bahslaridagi kabi masuliyat bilan harakat qilishlari kerakligini aytdim. CHunki avgust oyida ECHLda ham “Yuve” singari kuchli jamoalar bilan to'qnash kelamiz. 

Biz o'yin oldidan oldimizga qanday maqsad vazifa qo'yilgan bo'lsa, barchasini amalga oshirdik. Yigitlardan mamnunman. Ammo g'alaba qozonolmaganligimizdan xafaman. Biz so'nggi daqiqalargacha ustunlik qildik va g'alabaga erishish uchun barcha ishni qildik”, deya Gasperinining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.

Italiya A seriyasida 32-turdan keyin “Yuventus” 76 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, “Atalanta” 67 ochko bilan uchinchi pog'onada bormoqda.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика