Futbolchilar bilan to'lgan "Atletiko"ning avtobusi ag'darilib ketdi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2016, 11:26
Argentinaning "Atletiko Urakan" klubi avtobusi avariyaga uchradi.

Libertadores Kubogi birinchi pley-off bosqich javob uchrashuvi tomon yo'lga chiqqan "Atletiko Urakan" jamoasining avtobusi tog'da ag'darilib ketdi.




Ma'lumotlarga ko'ra, bir necha nafar futbolchi shikastlangan, ammo jarohat qay darajada ekanligi e'lon qilinmayapti. "Atletiko Urakan" jamoasi boshqa transport vositalari orqali Venesuelaga yetib bordi. O'z uyida 1:0 hisobida g'alaba qozongan argentinaliklar javob uchrashuvida 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi, ammo ikki bahs natijasiga ko'ra keyingi bosqichga yo'l oldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 101greatgoals.com