"Futbolchi maydonda zavq olmasa, u futbol o'ynagan hisoblanmaydi" – "Qo'qon-1912"ning so'nggi o'yinlardagi qahramoni
21 avg 2022 22:02
Yangiliklar
"Futbolchi maydonda zavq olmasa, u futbol o'ynagan hisoblanmaydi" – "Qo'qon-1912"ning so'nggi o'yinlardagi qahramoni
Coca-Cola Superligasining so'nggi 3 ta turida raqiblari bilan murosa ko'chasini tanlagan jamoa endilikda o'z omadini O'zbekiston Kubogida sinab ko'radi. Mana shu bahslarda "shunqorlar"ning 3 ta goliga mualliflik qilgan SHohnazar Norbekov saytimiz muxbiri Abdulaziz Iskandarovga fikrlarini bildirdi.
- Oldinda jamoani "Qizilqum" bilan muhim bo'lgan bahs kutmoqda. O'yinga tayyorgarlik qanday ketyapti?
- Kuniga ikki maxaldan hozirlik ko'rmoqdamiz. Kubok o'yiniga jiddiy munosabatda bo'lish kerak, deb o'ylayman. Umid qilamanki, muxlislarimizni xafa qilib qo'ymaymiz.

- Ikkinchi davrada "Qo'qon-1912"ga kelib yana gollar urishni boshladingiz...
- Bu erda barcha yigitlar imkoniyatlarimni juda yaxshi bilishadi. "Metallurg"da unday emasdi. Gollarim birgina meniki, deya olmayman. Jamoadoshlarim yaxshi pas berishyapti. Kerakli vaziyatga olib chiqishmoqda. SHunday ekan, bunda barchaning hissasi bor.

- Bu erda qandaydir bog'liqlik bordek guyo...
- Aytganimdek, jamoadagilar bilan bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Xarakterim biroz og'irroq. Bunda o'zaro chiqishib ketish muhim hisoblanadi. Biz bitta oilamiz. Jamoada barcha bir-biriga yordam beradi.
- "Metallurg"da o'zingizni ko'rsatishingiz uchun nima to'sqinlik qildi?
- Hammasi joyida edi. Murabbiyning taktikasi men o'ynaydigan futbolga to'g'ri kelmadi. Ispancha futbolini tushunmadim. Futbolchi bo'lib maydondan zavq olib chiqib ketmasangiz, u futbol o'ynash bo'lmaydi. Hujumchi uchun bitta o'yinda kamida 2-3 ta vaziyat bo'lishi lozim. Undan kami achinarli holatdir. "Metallurg"da 8 turda 1 ta vaziyat yuzaga keldi.
- Ikkinchi davra startidagi o'yinlarning qaysi birida jamoa g'alabaga haqli edi?
- Uchta uchrashuvning barida yutishimiz mumkin edi. Yo'q joydan gollar olib keldik. Bizdan g'alaba kutishmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar