Futbolchi jonli efirda xotini va qiz o'rtog'iga minnatdorchilik bildirdi
21 mar 2017 16:10
Yangiliklar
Futbolchi jonli efirda xotini va qiz o'rtog'iga minnatdorchilik bildirdi
"Fri Steyt Stars"ning ganalik futbolchisi Muhammad Anas jonli efirda xotini va qiz o'rtog'iga minnatdorchilik bildirdi.
"Fri Steyt Stars" Keyptaunning "Ayaks" kluib bilan durang o'ynadi (2:2), Anas esa bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topilib, mahalliy OAVga intervyu berdi.
"Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi bo'lganimdan xursandman. Muxlislar, xotinim va qiz o'rtog'imga rahmat aytaman" - deydi Anas.
Keyinroq futbolchi qiz o'rtog'i deb qizi haqida aytganini malum qildi.
"Qizchamni qiz o'rtog'im deb chaqirishimni oilam biladi. Uni nazarda tutgan edim. Qiz o'rtog'im yo'q. Xotinimni yaxshi ko'raman. U menga ikki farzandni sovg'a qildi" - deydi Anas.
Fikrlar