So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 20 kun ichida Liga ro'yxatidan o'tkazilishi lozim - O'zPFL Yangiliklar

Futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 20 kun ichida Liga ro'yxatidan o'tkazilishi lozim - O'zPFL

Liga futbolchi va murabbiylar bilan imzolanadigan mehnat shartnomalarini bosqichma-bosqich tartibga keltirdi.

Odatga ko'ra, futbol klubi futbolchi yoki murabbiy bilan imzolangan mehnat shartnomasini 30 kun ichida Liga ro'yxatidan o'tkazishi lozim edi. Endilikda mazkur davr 20 kun etib belgilandi. 

FIFA talabiga ko'ra, professional futbol klubi hamda futbolchi o'rtasida imzolangan mehnat shartnomasi 30 kun ichida maxsus platformada aks etishi va har bir futbolchiga maxsus raqam olinishi kerak. Liga bu ishni amalga oshirishi uchun malum vaqt kerak bo'ladi. SHundan kelib chiqib, futbol klubi mehnat shartnomasi imzolangan kundan boshlab 20 kun ichida uni Liga ro'yxatidan o'tkazishi shart. “Superliga va Proliga reglamenti”ning 12.2-bandiga aynan shunday o'zgarish kiritildi.  

Imzolanganiga 20 kundan oshgan shartnomani MyLeague elektron platformasiga yuklash imkoni mavjud bo'lmaydi. Qo'shimchasiga, reglament talabi vaqtida bajarilmagani uchun futbol klubiga jarima intizom chorasi qo'llaniladi. Sanani qayta o'zgartirish esa klubning futbolchi yoki murabbiy mehnatiga hal to'lash masalasidan kelib chiqib, qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика