Futbol yulduzlari JCH-2018 to'pini taqdim etishdi (+FOTO)
10 noy 2017 11:34
Yangiliklar


Futbol yulduzlari JCH-2018 to'pini taqdim etishdi (+FOTO)
9 noyabr kuni Rossiyada bo'lib o'tadigan 2018 yildagi jahon chempionati to'pining taqdimoti bo'lib o'tdi.
Yangi to'pni tanishtirish marosimida jahon futboli yulduzlari Kaka, Lukas Podolski, Zinedin Zidan, Alessandro Del Pero, Xabi Alonso va Lionel Messi ishtirok etdi.
Taqdim etilgan yangi to'p "Telstar 18" deb nomlandi. Bu to'p Adidas 1970 yil Meksikadagi jahon chempionati uchun ishlab chiqargan "Telstar" to'pining yangilangan turi. To'pning original nomi - Star of television ("Ekran yulduzi"). Oq-qora ranglarda chiqarilgan birinchi to'p rangsiz televizorlarda yaxshiroq ko'rinishi uchun shunday dizaynga ega bo'lgandi.
Suratga olish jarayonida Del Pero, Zidan, Alonso, Kaka va Podolskilar ishtirok etishdi.
Kechroq bo'lib o'tgan taqdimot marosimida bu yulduzlar safiga Messi ham qo'shildi.
Sizga jahon chempionatining to'pi yoqdimi?

Fikrlar