So’nggi yangiliklar

02:38Супер ўйинда "Интер" "Барселона"ни тўхтатди ва ЕЧЛ финалига йўлланма олди!  742 01:42Шомуродовнинг ассисти уч очко олиб келмоқда: А Сериянинг 35-тур якунлари  0 01:09Фарҳод Нишонов: "Ўйиндан кўнглим тўлмади. Биринчи бўлимда ҳар томонлама ютқаздик"  0 00:53"Барселона"га қарши ўйиндан кейин "Реал" Анчелоттининг кетишини эълон қилади  2 00:21"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ажойиб таклиф бермоқда  0 23:43"Реал" Трентни деярли текинга олди. Бу Перес стратегиясининг навбатдаги ғалабаси (мутолаа учун)  0 23:14Айбек Нурбаев: "Бугунги мағлубиятга мен жавобгарман. Ўзгартиришларда хатога йўл қўйдим"  0 22:18"Барселона" Ямал билан янги шартнома имзолайди. Томонлар келишувга эришишга яқин  1 21:46Виртц "Реал" ёки "Манчестер Сити"га ўтишни истамаяпти. У бошқа клубга бормоқчи  6 21:21"Олтин тўп" учун битта ҳақиқий номзод бор" – "Бетис" Винисиус ва Антонининг статистикасини солиштирди  2 20:57Кевин Де Брюйне "Сити"да қолиши мумкин, футболчи янги шартнома имзолашга тайёр  3 20:35Криштиану Роналду ўғлининг Португалия терма жамоасига чақирилганига муносабат билдирди  4 20:10​"Астон Вилла" Мартинес кетса, "Реал" дарвозабонини олиб келмоқчи  1 19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0

Futbol yoshlik, futbol salomatlikdir Yangiliklar

Futbol yoshlik, futbol salomatlikdir

Xalqimiz azaldan farzand tarbiyasiga jiddiy etibor qaratadi. Farzand dunyoga kelgan kundan boshlab unga olamdagi barcha yaxshi narsalarni ilinadi.
Kimdir fazandini kasb-hunar egasi bo'lishini xohlasa, yana kimdir mening bolam polvon, sportchi bo'ladi deb niyat qiladi. Zamon o'zgarishi bilan orzu-istaklar ham o'zgarib bormoqda.

Bundan yigirma-o'ttiz yil avval bolasi koptok tepishga qiziqsa, bunga ko'pchilik qarshi bo'lgan. Endi bir kami Ali akaning ...day koptokning ortidan yugurmaganing qoluvdi, degan gaplarni ko'pchiligimiz otalarimizdan eshitganmiz. Bugungi-chi, futbol sport turi millionlarni emas, hatto milliard xalqning etiborini o'ziga tortdi, o'ziga oshno qildi. Butun dunyo har kuni futbol tomosha qiladigan bo'ldi. SHu haqda yozadigan, gapiradigan ham ko'p. Futbolni odamlardan tortib olishning endi umuman imkoni yo'q. Endilikda ota-onalar ham o'g'lini futbolchi bo'lishini o'zi istayapti va maxsus maktablarga o'z ixtiyorlari bilan etaklab boryaptilar.



Bugun O'zbekiston ham futbol mamlakatika aylandi. Yurtimizning qaysi go'shasiga bormang, sport maydonchalarida bolalarning koptok o'ynayotganlariga duch kelasiz. Har kuni qaysidir mahallada yangi futbol stadioni qurilyapti. Bu esa o'z navbatida yoshlar o'rtasida futbolning ommaviyligini oshirishga katta hissa qo'shayotir.

Aholi keng qatlamlari orasida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, ayniqsa, bolalar sportini, shu jumladan, bolalar futbolini qo'llab-quvvatlash bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, Prezidentimizning 2006 yil 1 mayda qabul qilingan "O'zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi hamda 2011 yil 19 yanvarda qabul qilingan 2011-2013 yillarda Respublikada futbolni rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi qarorlari bu boradagi yutuqlarimiz salmog'ini yanada oshirishga xizmat qilyapti. Ushbu qarorlarda yurtimizda yangi stadionlar barpo etish, borini rekonstrukciya qilish barobarida bolalar va o'smirlar futbol maktablarini zarur sport inventarlari va malakali murabbiylar bilan taminlash muhim vazifa qilib qo'yilgan.



Mazkur qarorlar ijrosini taminlash yuzasidan respublikamiz bo'ylab so'ngti yillarda keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakatimizda professional futbol klublari qoshida futbol maktablari bo'lishi shart qilib belgilandi. Ularning moddiy-texnik bazalari zarur sport anjomlari bilan taminlanmoqda. Ayni paytda joylarlarda barcha imkonitlarni o'zida mujasssam qilgan bolalar futbol maktablari, akademiyalar barpo etilmoqda. Nasaf, Mashal, Paxtakor, Bunyodkor futbol klublari qoshidagi maktablar shular jumlasidandir. Bu maskanlarda farzandlarimizning millionlar o'yini sir-sinoatlarini mukammal egallashlariga barcha zamonaiy shart-sharoitlar muhayyo etilgan.

Bolalar futboli futbolimiz kelajagining poydevori bo'lib xizmat qilishi kerak. Afsuski, hamma professional klublarimiz ham o'z akademiyalariga ega emas. SHu bois barcha yoshdagi terma jamolarimizga ham aynan yuqorida nomlari keltirilgan klublarning tarbiyalanuvchilari ko'pchilikni tashkil etmoqda.

Poytaxtimiz ko'rkiga ko'rk qo'shib turgan Bunyodkor sport kompleksi millatimiz kuch-qudrati, salohiyatidan darak beradi. Mazkur arena va uning imkoniyatlari dunyoning eng hashamatli futbol stadionlari bilan bemalol tenglasha oladi. Ammo hozir bu haqda emas, uning futbol akademiyasi imkoniyatlari va unda tarbiyalanayotgan yosh futbolchilarga berilayotgan etibor xususida to'xtalamiz.



Bunyodkor futbol klubi qoshidagi bolalar va o'smirlar futbol maktabi 2007 yilning 26 yanvaridan boshlab faoliyat olib bormoqda. 2012 yildan boshlab esa barcha sharoitlarga ega zamonaviy futbol maktabiga ko'chib o'tildi. Hozirda 1997- 2008 yillar orasida tavallud topgan 520 nafar bola millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rganishmoqda. Maktabga bolalar 6 yoshdan saralab olinadi. Mashg'ulotlar barcha uchun bepul. Bolalarga mamlakatimizdagi eng malakali murabbiylar futbol sirlarini o'rgatishmoqda. Ularning ko'pchiligi avval professional futbolda to'p surishgan. 10-15 nafar bolaga ikkita murrabiy biriktirilgan. Darslar kunora 1,5 saot davom etadi. 6 yoshdan maktabga jalb etilgan bolalarning imkoniyatlari dastlabki yilda sinovdan o'tkazilmaydi. Ammo ularning rivojlanishini murrabiylar kuzatib borishadi. Ikkinchi o'quv yilidan esa har ikki oyda bir marotaba ichki nazorat sinovlari o'tkazilib turiladi. Mazkur jarayonda bolaning tezligi va futbolning boshlang'ich elementlarini o'zlashtirishi aniqlab olinadi.

Maktab tasarrufida mashg'ulotlarni o'tkazish uchun ettita futbol maydoni qurilgan. Ulardan uchtasiga suniy qoplamali chim yotqizilgan. Suniy maydon qish faslida ham mashg'ulotlarni olib borish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, mashg'ulotlar o'tkazishga mo'ljallangan bitta yopiq sport zali, yopiq suzish havzasi, trenajyor xonalari bolalar ixtiyorida. Suzish havzasi hamda trenajyor zallaridagi mashg'ulotlar ham malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Bolalarga yoshiga qarab yuklamalar, mashqlar berib boriladi. SHuningdek, yosh futbolchilarning sog'lig'i ham maktab shifokorlarining doimiy nazoratida. Ular bolaning to'g'ri rivojlanishi uchun zarur oziq-ovqat va vitaminlarni doimiy tavsiya etib borishadi. Bolalar 12 yoshga to'lganidan keyin akademiyaga saralanib olinadi. Unda o'qish uchun faqat klub maktabida tarbiyalanganlar emas, balki mamlakatimizning boshqa futbol maktablarida tahsil olayotgan, Bunyodkor futbol maktabi murabbiylari nazariga tushganlar ham saralanib olinadi. SHu bois ham futbol klubi viloyat, tumanlarda har yili turnirlar tashkil qilyapti. Mazkur turnirlarda o'zining iqtidorini namoyish etgan futbolchilar saralanib, akademiyaga o'qishga taklif etiladi. Viloyatdan akademiyaga o'qishga kelgan o'quvchilar yotoqxona bilan taminlanadi. SHuningdek, ularning doimiy yashash xarajatlari maktab tomonidan qoplanadi. Akademiyada shug'ullanayotgan bolalarga amaliy mashqlardan tashqari nazariy bilimlar ham beriladi. Bu borada o'quv binosidagi sinf xonalarida barcha imkoniyatlar mavjud. O'quv xonalari eng so'nggi rusumdagi kompyuterlar, ligafonlar, multimediya anjomlari bilan jihozlangan.



Futbol klubi rahbariyati davlatimz tomonidan yaratib berilgan bunday imkoniyatlardan oqilona foydalanish hamda malakali, professional futbolchilarni tayyorlash maqsadida bolalar va o'smirlar futbol maktabining 2020 yilgacha bo'lgan ish rejasini ishlab chiqqan. Unga ko'ra, maktab murabbiylari malakasini xalqaro talablar darajasiga etkazish, xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborish, shu bilan birga, xorijdan yuqori saviyadagi bolalar murabbiylarini taklif etish belgilangan.

Bolalar va o'smirlar sport maktabi oldiga qo'yilgan asosiy vazifa yuqori malakali futbolchilarni Bunyodkor futbol klubining asosiy tarkibiga hamda O'zbekiston o'smirlar, yoshlar, olimpiya va milliy terma jamoasiga tayyorlab berishdan iboratdir. SHuningdek, bu erda tahsil olgan futbolchilar o'zining vatanparvarligi, g'alabaga chanqoqligi bilan ham boshqalardan ajralib turishi shart.

2012 yildan buyon futbolchilar yuqori olti yosh toifada Toshkent shahar birinchiligida “Bunyodkor-1” va “Bunyodkor-2” nomlari ostida qatnashayotir. Tarbiyalanuvchilar o'zlarining uy uchrashuvlarini maktab maydonlarida o'tkazadi.



Akademiyada futboldan saboq olayotgan bolalarning yoshligidan xalqaro tajribasini oshirishga ham jiddiy etibor qaratilyapti. Tarbiyalanuvchilar xorijiy davlatlarda tashkil etilayotgan turnirlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. O'tgan 2014 yilda ana shunday turnirlardan biri Janubiy Koreyada tashkil etilgandi. Ushbu davlatning Incheon shahrida o'tkazilgan “Ari sports Cup International Youth U-15 Football Tournament” musobaqasida Bunyodkor akademiyasining 15 yoshli futbolchilari ishtirok etishdi. Turnirning guruh bosqichida Xitoy vakillarini yirik 4:0, mahalliy “Konvondo” jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyata uchratgan yosh Qaldirg'ochlarimiz finalda SHimoliy Koreya terma jamoasiga mag'lub bo'ldi. Yakunda yosh futbolchilarimiz kumush medallari bilan ortga qaytdi. Joriy yilda Xitoyning CHendu shahrida U-15 yosh toifasidagi futbolchilar o'rtasidagi xalqaro turnirda Otabek G'ulomxo'jaev murabbiyligidagi 2000 yilda tug'ilgan bolalar muvaffaqiyatli ishtirok etib bosh sovrinni qo'lga kiritishdi. Futbolchilarda xalqaro tajriba ko'nikmasini shakllantirib borish juda muhim. Keyinchalik ushbu tajriba ularga asqotishi tabiiy. Buni yaxshi anglagan maktab rahbariyati yilida ikki marta har bir yosh toifasidagi jamoalarni xalqaro turnirlarga yuborishni rejalashtirgan.

Muxtasar aytganda, milliy futbolni rivojlantirishdagi bugungi say-harakatlar ertaga jahon arenalarini zabt etishda zamin hozirlaydi.

Jobir Xo'jaqulov,
Nurriyat muxbiri
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика