So’nggi yangiliklar

23:01Алдервейрелд ваҳима касаллиги туфайли Бельгия терма жамоасини тарк этганини айтиб берди  0 21:09Аморимга трансферлар учун тен Хагга нисбатан камроқ пул беришади  3 20:45Эшитдик-да! "Нефтчи" икки мураббийга жавоб бермоқчи  6 20:31"Бавария" стадионидаги чим U15 жамоаси майдонига юбориляпти  3 20:28"Қизилқум"нинг икки футболчисига бир қатор клублар қизиқмоқда  2 19:54Саудия Арабистонида можаро авж олди. Айрим легионерлар маош олишмаяпти  6 19:28Футзал бўйича Олий лига. "Максам-Чирчиқ" "Металлург"дан устун келди  0 19:07Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкентда йиғин бошлади  0 18:48КХДР термаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши алоҳида стратегиямиз мавжуд"  45 18:31Жамшид Болтабоев чиндан ҳам "Нефтчи" билан келишиб олдими? Футболчининг ўзи жавоб берди  6 18:12"Ливерпуль" Салоҳга муносиб ўринбосар топди  5 17:45"Сити" Ҳоландни Премьер-лигадаги энг кўп маош олувчи футболчига айлантирмоқчи  4 17:18Ўзбекистон КХДРга қарши баҳс олдидан расмий машғулот ўтказди  25 17:04Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Ироқ билан муроса кўчасини танлади  4 16:49Футзал бўйича Олий лига. "Оил Стар" "Сурхон" дарвозасига "хоҳлаганича" тўп киритди  0

Futbol xalq uchunmi, Xalk uchunmi? Yangiliklar

Futbol xalq uchunmi, Xalk uchunmi?

11 mart kuni O'zbekiston yoshlari jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish uchun "Bunyodkor" stadionida avstraliyalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadi. Agarda poytaxtdan yiroqroqda istiqomat qilsangiz, bilet sotib olishga xomtama bo'lmang.

O'zbekiston futbolchilari, xoh milliy, xoh yoshlar bo'lsin, kulgi ustalarining bozorini chaqqon qilib turishibdi. Endigina etishib chiqayotgan avlod esa mana shu gap-so'zlarga bolta urish maqsadida o'z yashil maydonlarida o'tkazilayotgan Osiyo kubogida kichik mundialga yo'llanma olish payida turishibdi. 

Musobaqaning guruh bosqichida Ravshan Haydarov shogirdlari kerakli natijaga erishdi. O'ylashimcha, ukalarimizning guruh bosqichidan birinchi o'rin bilan chiqishi zamirida mehnat bilan birgalikda stadiondan bor shijoati bilan qo'llab-quvvatlagan muxlislarning o'rni beqiyos bo'ldi. Muxlislarni bejizga 12-o'yinchi deyishmaydi. Maydonda javlon urayotgan qorako'zlarning o'yinini tomosha qilgani futbol donishmandlari bilan bir qatorda o'yinchilarning ota-onasi, yaqinlari, birodarlari, yoinki sevgan qizi tashrif buyurishi mumkin. Ularning qarshisida esa istalgan futbolchi Ronaldu yoki Messiga aylanib ketishi ham hech gap emas. 

To'g'ri, guruh bahslariga institut doirachisi Abdusattor, bog'dorchilik yo'nalishida tahsil oladigan Vali, stadionni ko'rsa, ikki kilometr naridan aylanib o'tadigan matematik Tursunboylargacha tashrif buyurib, futbolni tushunsa-tushunmasa, hech bo'lmaganda raqiblarni "shirin so'zlar" bilan siylab turishdi. Yani chiptalarning o'zi odamlarni izlab topdi. Internet do'koni iticket.uz'da ham musobaqa boshlanishida avval chiptalar onlayn sotilishi aytib o'tilgandi va guruh bahslari davomida bu holat bilan bog'liq muammo kuzatilmadi. 

Guruh bahslarida O'zbekiston yoshlari muxlislar mehrini qozondi. Ko'pgina futboldan bexabar kishilar Abbos Fayzullaev, Po'latxo'ja Xoldorxonov, Umarali Rahmonaliev kabi yoshlarni yaqindan tanib oldi. SHunday ishqibozlarning o'zbek futboli borasida zarracha bo'lsa-da, fikri o'zgarib, terma jamoasini oxirigacha qo'llab-quvvatlashiga shubham yo'q. Ha, bizda futbolni kezi kelganda etti avlodi qolmasdan haqorat qilishadi, biroq xalqimiz baribir futbolni sevadi. 

CHorak finalda ham stadion to'lib-toshishi kutilmoqda. Ammo ne ajabki, Internet do'koni iticket.uz saytida chiptalarni sotib olishning imkoni bo'lmayapti. Vaholanki, guruh bahslari o'yinlariga bir necha kun ilgari bemalol chipta sotib olish imkoniyati mavjud edi. Bazi chiptalar hali saytga chiqmasdan turib, eng ko'p sotilgan qatoriga kirishga ulguribdi.

Miyamdagi fleshkada qolgan malumotlar aldamasa, bundan bir necha asrlar ilgari emas, bor-yo'g'i bir yil ilgari aynan o'z mamlakatimizda yashil maydonlarida o'tgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi qita turnirining pley-off bosqichida ham internet-do'konida chiptaning "ch" harfini sotib olish imkonsiz bo'lib qoldi. Biroq stadion qarshisida, boringki, olx saytida, ijtimoiy tarmoqlarda biletlar aukcioni boshlanib ketdi. Hatto final bahsida "limon"dan voz kechib, bilet sotib olgan birodarlarimizga ham duch keldik. Buning ortidan esa qo'yniga istalgancha mullajiring sig'dira oladigan "Xalk"lar boyidi. Ular-chun terma jamoa yutqazib yoki tomoshabin chipta qidirib xor-u zor bo'lib ketmaydimi, zato hayot go'zal.

Uyg'oning, uxlayotganingizda sizni to'nab ketishdi – O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'yini chiptalari sotib bo'lindi

 "Kassaga chiqmagan biletlar bor" yoxud "Bunyodkor" stadioni yonidagi chipta olib sotarlari bilan suhbatlar

Mana, oradan bir yil o'tar-o'tmas, yana "Eski hammom, eski tos". Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida sayt operatorlari bilan aloqaga chiqdik. Operator esa biletlarni faqat kassadan xarid qilish lozimligini, tez orada saytda elon qilinishi mumkinligini aytishdi. Muammoning sababini so'raganimizda, texnik muammolar hisobiga shunday holat yuz berganini takidladi. Qiziq, futbolni qarg'ish urganmi, faqatgina ushbu sport turiga oid chiptalar borasida 2022 yil ham, 2023 yil ham bir xil muammo kuzatilsa. Agar operatorning gaplari chin bo'lsa, chindan ham futbolni qarg'ish urgan. Bo'lmasa, saytda elon qilingan 10 mart kungi Xurshid Rasulov koncertiga ham yoki may oyi yakunlarida maktabida hammadan go'zal qiz haqida xonish qilgan xonandaning koncertiga ham bilet sotib olishda negadir texnik xato kuzatilmadi. Bu erda operatorni ayblash fikridan yiroqman, u ham ehtimol, o'zi bilgan malumotlarni bizga taqdim etdi.

Bizga malum bo'lishicha, jahon chempionati yo'llanmasi hal bo'lish arafsida turgan bellashuv biletlari "Bunyodkor" stadioni kassalarida sotila boshlarkan. Demak, viloyatdan mazkur uchrashuvni tomosha qilish uchun necha yuz chaqirim masofa bosib kelgan ishqiboz omadi kelsa, bilet topadi, balki biletlar bor deydigan akaxonlarga murojaat qilishga majbur bo'ladi yoki chiptalarning narxlarini eshitgach, eng maqbul variant televizor ekanligini his qilib qolishar.

Agarda doimgidek anana davom etsa, bundan xalq jabr ko'radi, "xalk"lar esa cho'ntagini qappaytirgani qoladi. Bu musobaqa ham o'tadi-ketadi, O'zbekiston qachondir yana shu kabi yirik turnirlar mezboniga aylanar. O'shanda "xalk"larning ishi yana g'ijjakchi Sattorga, futbolni jinidan battar yomon ko'radigan qaysidir fakultet qizlariga, elektrik Toshmatga tushadi. Xalqning esa futboldan mehri sovishda davom etadi, bu esa chempionat o'yinlariga ham o'z tasirini o'tkazmasdan qolmaydi. Qiziqchilarga esa doimgidek yangi mavzular topilaveradi.

Balki iticket.uz dagi "texnik nosozlik" bugunoq bartaraf etilib, biletlar yana muxlislar uchun sotila boshlar, kassaga kelgan tomoshabinlarda muammo kuzatilmas, shunday bo'lsa, bundan boshim ko'kka etardi. Muxlislar chiptalarni qo'lga kiritishda muammoga duch kelmasin, bizni xato qilganlikda ayblashsin, bundan faqatgina xursand bo'laman. Futbol cho'ntagi keng "Xalk"lar uchun emas, xalq uchun bo'lishi lozim. 

CHiptalar tekin bo'lishi tarafdori emasman, talab yuqori bo'lgan joyda taklif ham shunga yarasha bo'lishi tabiiy. Biroq taklifchilar o'z manfaati uchun xizmat qiladiganlarning bo'lishini istamagan bo'lardim.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика