So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Futbol skautining chempionatimizga nigohi Yangiliklar

Futbol skautining chempionatimizga nigohi

Teglar :  Futbol skauti
Soccer.ru sayti o'quvchisi Varuj Babayan shaxsiy blogi - Futbolniy skaut (Futbol skauti) nigohini bu safar O'zbekiston chempionati tomon burib, ko'zga ko'ringan futbolchilarimizga etibor qaratdi.

Boshqacha aytganda, Rossiya klublarini kuchaytirishga qodir yosh iqtidorlarimiz ro'yxatini tuzib chiqdi. Tabiiyki, muallifning aynan kimlarni etirof etgani barchamizni qiziqtiradi. Faqat, o'z o'rnida aytish kerak, u barchasini o'z rakursi asosida baholagan va ayrim fikrlari kimlargadir biroz erish tuyulishi ham mumkin. Demak, endi maqola bilan tanishib chiqamiz.

- Biz ushbu ro'yxatga O'zbekiston milliy chempionatining eng istiqbolli ko'ringan (albatta, shaxsiy nazarimiz bo'yicha) yosh  vakillarini kiritdik. Buni Markaziy Osiyo davlatlari chempio­natlarida o'ynaydigan yosh futbolchilarning top-10 ko'rinishidagi reytingi sifatida ham qabul qilish mumkin. Zero, O'zbekis­ton chempionati Osiyoda oxirgi qatorlarda emas zinhor. Ushbu musobaqa er yuzining eng katta qismi - Osiyodagi kuchli 10ta chempionat orasiga kiradi bemalol. Malumot uchun aytish kerak, sariq qitaning er maydoni chamasi 43,4 mln. kilometr|kvadratga teng, aholisi esa deyarli 4,5 milliardga etgan.

Dostonbek Hamdamov

Yoshi -
20

Poziciyasi -
yarim himoyachi

Fuqaroligi -
O'zbekiston

Klubi - Bunyodkor

Oxirgi chempionatdagi statistikasi -
29ta o'yin, 9ta gol

Hamdamov nafaqat butun MDH davlatlari, balki ulkan Osiyo bo'yicha qaraganda ham, o'z avlodining eng iqtidorli futbolchilaridan biridir, shubhasiz. O'tgan yili uni OFK talqiniga ko'ra, Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida etirof etishgani bejiz emas, harqalay. Dos­tonbek to'pni aql bilan nazorat qilishi va maydonni yaxshi ko'rishi bilan ajralib turadi. U avvalgi yili O'zbekiston yoshlar termasi etakchisi maqomida jamoa bilan kichik mundialning chorak finalini zabt etdi.

Futbolchining transferlar bozoridagi bahosi - 450 ming evro

Qaysi klublarga yordam berishi mumkin?  Terek, Ufa, Lokomotiv, Anji.



Eldor SHomurodov

Yoshi -
21

Poziciyasi - hujumchi

Fuqaroligi - O'zbekiston

Klubi - Bunyodkor

Oxirgi chempionatdagi statistikasi - 27ta o'yin, 10ta gol

Eldor - hozirning o'zida Toshkent klubining etakchilaridan biri. U xuddi bu ro'yxatga tushgan jamoadoshi Dostonbek Hamdamov kabi o'tgan yili bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining qahramonlari qatoridan joy olgandi. Lekin SHomurodovni o'z sherigidan farqli o'laroq, mamlakat milliy jamoasiga ham faollik bilan jalb etyaptilar. CHaqqon, tezkor va texnik salohiyati yuqori hujumchi. SHaxsiy fikrimcha, u ichki potencialini hali to'la-to'kis ochganicha yo'q.  Iqtidor esa, bu yigitda bor, shubhasiz.

Futbolchining transferlar bozoridagi bahosi -
600 ming evro

Qaysi klublarga yordam berishi mumkin? Terek, Krasnodar, Lokomotiv, Rostov

Akrom Komilov

Yoshi -
20

Poziciyasi - himoyachi

Fuqaroligi - O'zbekiston

Klubi -
Bunyodkor

Oxirgi chempionatdagi statistikasi - 29ta o'yin

Akrom poytaxt klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Katta imkoniyatga ega istiqbolli yigit. Tezkor va aqlli. U ayniqsa, oxirgi mavsumda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Garchi yaqindagina 20 yoshga to'lgan bo'lsada, o'yinni teran tushunishi bilan ajralib turadi. Komilov ham O'zbekis­ton milliy jamoasiga nomzod futbolchilardan - bunda ajablanadigan tomoni yo'q aslo.

Futbolchining transferlar bozoridagi bahosi - 450 ming evro

Qaysi klublarga yordam berishi mumkin? Ural, Anji,  Rostov


Otabek SHukurov

Yoshi -
20

Poziciyasi
- himoyachi

Fuqaroligi - O'zbekiston

Klubi - Bunyodkor

Oxirgi chempionatdagi statistikasi -
25ta o'yin

Toshkent klubi himoya bo'g'inining asosiy ijrochilaridan biri. Yosh Otabek joriy yil O'zbekiston milliy terma jamoasi asosiy tarkibidan ham joy oldi. U juda barqaror, chaqqon hamda futbolcha uquvi bilan alohida ko'zga tashlanadi. Menimcha, SHukurov ham hali o'z iqtidorini butunlay ochgani yo'q. Ehtimol, u Rossiyaning qaysidir klubida boshqacha nur sochar...?

Futbolchining transferlar bozoridagi bahosi - 400 ming evro

Qaysi klublarga yordam berishi mumkin?
Terek, Anji, Rostov, Ufa

Rustam Ashurmatov

Yoshi
- 20

Poziciyasi - himoyachi

Fuqaroligi - O'zbekiston

Klubi - Bunyodkor

Oxirgi chempionatdagi statistikasi - 27ta o'yin

Ko'rib turibmizki, poytaxt jamoa­si ixtiyorida hattoki, eng yosh himoyachilar bog'lami bor. Rustamni juda istiqbolli yigitlar qatoriga qo'shish mumkin. U ayni payt Markaziy Osiyo­ mamlakati yoshlar termasi azosidir. Lekin Ashurmatovni yaqin orada milliy jamoa libosida ko'rishimiz ehtimoli ancha baland.

Futbolchining transferlar bozoridagi bahosi
- 250 ming evro

Qaysi klublarga yordam berishi mumkin?
Tosno, Fakel, SKA Xabarovsk, Ural



Temurxo'ja Abduxoliqov

Yoshi
- 25

Poziciyasi - hujumchi

Fuqaroligi - O'zbekiston

Klubi - Lokomotiv

Oxirgi chempionatdagi statistikasi - 29ta o'yin, 22ta gol

O'zbekiston chempionatining eng qimmatbaho futbolchisi, turnirning eng yaxshi to'purari, milliy jamoaga nomzodlardan biri - ro'yxatimizda shunday qahramon ham bor. Temur 2 yilcha oldin Evropada o'z kuchini sinab ko'rishga ulgurdi - mavsum-2014da Paxtakordan Xorvatiyaning Xayduk (Split) jamoasi safiga qo'shildi. Biroq unga Bolqon futbolida uzoq vaqt qolish  nasib etgani yo'q. Lekin bu atletik tomondan rivojlangan hujumchining ikkinchi imkoniyatga ega bo'lmasligini anglatmaydi. Ehtimol, Abduxoliqov bu safar o'z kuchini Rossiyada sinovdan o'tkazar?

Futbolchining transferlar bozoridagi bahosi - 1 mln. evro

Qaysi klublarga yordam berishi mumkin?  Anji, Orenburg, Amkar, Ural, Ufa, Rostov, Terek

Sardor Mirzaev

Yoshi
- 25

Poziciyasi - yarim himoyachi  

Fuqaroligi
- O'zbekiston

Klubi -
Lokomotiv

Oxirgi chempionatdagi statistikasi - 27ta o'yin, 13ta gol

Mamlakat chempionining yana bir azosi. Sardor shuningdek, O'zbekiston milliy jamoasiga nomzod futbolchidir. Uning ayniqsa, texnik qobiliyati baland, yana tezkor va aqlli. Xususan, oxirgi mavsumda eng yaxshi futbolchilar qatoriga qo'shildi. Muhimi, Sardor to'purarlik xususiyatlaridan ham benasib qolmagan.

Futbolchining transferlar bozoridagi bahosi - 700 ming evro

Qaysi klublarga yordam berishi mumkin?
  Anji, Amkar, Ufa, Rostov, Terek



Azim Ahmedov

Yoshi
- 24

Poziciyasi - himoyachi   

Fuqaroligi -
O'zbekiston

Klubi - Paxtakor

Oxirgi chempionatdagi statistikasi
- 24ta o'yin, 2ta gol

O'zbekiston milliy jamoasi sardori va Rossiyaning Krasnodar klubi vakili Odil Ahmedovning ukasi. Uni shu yildan etiboran mamlakat bosh jamoasi yig'inlariga chaqira boshlashdi. Ko'rinishidan, Azim xuddi akasi kabi yaxshigina potencial sohibi. Harqalay, u aqlli va barqaror futbolchi. Odil Rossiya chempionatida nom qozonishga ulgurdi, balki endi Azim ham uning ortidan bir urinib ko'rar...?

Futbolchining transferlar bozoridagi bahosi
- 350 ming evro

Qaysi klublarga yordam berishi mumkin?
Ural, Ufa, Krilya Sovetov, Terek

Jamshid Iskanderov

Yoshi
- 23

Poziciyasi - yarim himoyachi

Fuqaroligi -
O'zbekiston

Klubi -
Paxtakor

Oxirgi chempionatdagi statistikasi
- 21ta o'yin, 7ta gol

SHunday bo'lib chiqdiki, bizning ro'yxatga faqat O'zbekiston fuqarolari tushishdi. Mana, Jamshid ham mamlakat terma jamoasiga nomzod o'yinchilardan. Uni o'z klubi etakchisi - motori sifatida tariflash mumkin. G'oyat serharakat yigit, shuning barobarida futbolcha intellekti kuchli va maydonni yaxshi ko'radi. Xullas, Jamshiddek futbolchi Rossiya premer-ligasidagi ayrim klublarni shubhasiz, kuchaytirgan bo'lardi.

Futbolchining transferlar bozoridagi bahosi - 500 ming evro

Qaysi klublarga yordam berishi mumkin? Ural, Ufa, Krilya Sovetov, Rostov



Javohir Sohibov

Yoshi -
21

Poziciyasi - yarim himoyachi

Fuqaroligi - O'zbekiston

Klubi - Paxtakor

Oxirgi chempionatdagi statistikasi - 27ta o'yin, 3ta gol

O'zbekiston futbolidagi oltin avlodning yana bir vakili. Mamlakatning eng mashhur va sovrindor jamoasi tarbiyalanuvchisi sanalgan Javohir ham yoshlar termasining o'tgan yilgi muvaffaqiyatlariga o'z ulushini qo'shdi. U katta potencialga ega, zero, futbolcha aql-idrokdan bebahra qolgan emas. Sohibovni o'tgan yildan buyon milliy jamoaga chaqirishyapti va u hozirgacha mamlakat bosh termasi tarkibida 7 marta maydonga tushishga ulgurdi - bu bejiz emas. Agar ushbu yosh futbolchini yaqin orada nisbatan kuchli chempio­natlardan birida ko'rsak, bu syur­priz sanalmaydi. Javohir balki Rossiya birinchiligiga kelar...?

Futbolchining transferlar bozoridagi bahosi - 350 ming evro

Qaysi klublarga yordam berishi mumkin? Ufa, Krilya Sovetov, Orenburg, Anji

H.Masaidov tayyorladi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика