Futbol qiroli Messini tabrikladi

20 dek 2020, 08:30
Futbol qiroli Pele “Barselona” forvardi Lionel Messining bir jamoa tarkibida gol urish bo'yicha o'rnatilgan rekordni takrorlaganiga o'z munosabatini bildirdi.

Pele  o'z davrida “Santos” safida to'p tepib, 643 ta gol urishning uddasidan chiqqan. Messi kecha La Liga doirasida “Valensiya”ga (2:2) qarshi bellashuvda gol urib, Pelening rekordini takrorladi.

“Qachonki sening yuraging mehr va muhabbatga to'la bo'lsa, tanlagan yo'lingni o'zgartirishing qiyin bo'ladi. Menga o'xshab sen ham har kuni kiyadigan futbolkangni judayam qadrlaysan. Men kabi sen ham o'zingni uyingga aylanib qolgan joydan yaxshisi yo'qligini tushunib etgansan. 

Tarixiy natija bilan tabriklayman, Lionel. “Barselona”dagi ajoyib faoliyatingnini doim kuzata turib, o'yinlaringdan hayratlanaman. Sen va men kabi bir jamoaga sodiq futbolchilari afsuski, judayam kamdan kam uchraydi.

Sen bilan faxrlananman Lionel Messi”, deya ta'kidlab o'tdi Pele.

O'xshash yangiliklar


Manba: Пеленинг Инстаграмдаги саҳифаси