So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  2 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  6 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  15

Futbol olamida karantin davridagi eng muhim voqelik haqida so'z - "Championat.asia" ijodiy jamoasiga Yangiliklar

Futbol olamida karantin davridagi eng muhim voqelik haqida so'z - "Championat.asia" ijodiy jamoasiga

Jahon futboli offlayn rejimga o'tganiga roppa-rosa 2 oy to'ldi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli avval Osiyo qitasidagi bazi chempionatlar, keyinchalik Evropa va O'zbekistonda ham barcha sport o'yinlari qatorida futbol uchrashuvlari ham to'xtatib qo'yildi. O'zbekistondagi oxirgi rasmiy o'yin o'tganiga kecha 2 oy to'ldi. Bazi chempionatlarni inobatga olmasa, qolgan chempionatlar to'xtatib qo'yildi. Orada davom ettirilgan ligalar orasidagi aksariyati ham yaqinda karantinga kirdi.

Dunyo futboli offlayn rejimiga o'tganiga va 2 oydan buyon karantin davrida faqatgina nostalgiya bilan muxlislar chanqog'ini qondirib turibdi. Nostalgiya, arxiv va tarixni yod olish, eslash yoqimli. Lekin baribir chinakam jonli futbolni, ayniqsa Evropa top ligalaridagi shiddatni sog'inmagan futbol shaydosi yo'q.

"Borussiya" Myonxengladbax jamoasi futbolchisi Patrik Xerrmanning karantin xonasi


Ijodim bilan tanish bo'lgan ko'pchilik meni nemis futboli shaydosiligimni va ko'proq aynan Germaniya futbolini qolgan top ligalardan ustunroq qo'yishimni yaxshi biladi. Osiyoda va MDH davlatlarida Bundesliga O'zbekistondagidan ko'ra katta auditoriyaga ega. Yurtimizda ham Germaniya futbolini tomosha qiladigan ishqibozlar bor, lekin APL yoki La Liga bilan solishtirganda ko'p deyish noto'g'ri bo'ladi. SHu bois mazkur liga bilan yaqindan tanish muxlislar juda kam. Nafaqat muxlislar, balki jurnalistlar orasida ham Germaniya futboli bilan yaqindan tanish hamkasblar deyarli yo'q, afsuski. Bazi professional va qolgan ligalar qatori Bundesligani ham kuzatib turadigan va chempionat tafsilotlari bilan tanish jurnalistlarimiz ham bor. O'shalardan biri Tolibjon Qosimov. Masalan, "Championat.asia" tahririyatida ham bundaylar kam. Lekin endilikda butun dunyo futboli muxlislari qatori o'zbekistonlik charm to'p  ishqibozlari singari saytimiz xodimlari ham jahondagi istalgan jihat bo'yicha yuqori darajada turuvchi va chinakam futbol shiddatiga to'la musobaqani ixtiyoriy-majburiy tarzda tomosha qilishlariga to'g'ri keladi. Bu futbol sog'inchi, chanqoq va kasbiy ish bilan ham bog'liq. Ishontirib aytamanki, futbolga oshno tutingan istalgan ishqibozni Bundesliga karantin davrida o'ziga rom etadi va keyinchalik ham muntazam tomoshabiniga aylantira oladi.

Demak, deyarli 2 oy yo'q futbolni yoritgan, amallab izlab arxiv o'yinlarini yodga olgan va zerikib ketgan hamkasblarimning Bundesliga restarti oldidan fikrlari bilan qiziqdim. 


Aziz Nuriy, (championat.asia ijodkori, karantin davridagi eng faol tadbirkor va "Qizilqum" klubi matbuot kotibi):

- Ora orada Bundesligani tomosha qilaman. Avval asosan markaziy o'yinlarni kuzatardim. "Borussiya" Dortmundga ozroq qiziqaman, "Bavariya"ning esa infrastrukturasi va ishlash uslubi bilan meni mahliyo qilgan. Hech qaysiga ashaddiiy muxlis emasman. CHempion o'zgaradimi? Yo'q, albatta. Karantindan oldin Germaniya chempionatini ham kuzatganman. Endiyam boshqa iloji yo'qligidan kuzatamiz.


Alisher Xolmatov, (championat.asia marketologi, Abramov va "Surxon" jamoasining stadiondan qo'llab-quvvatlamaydigan ashaddiy muxlisi):

- Bundesligani avval juda kam tomosha qilganman. Lekin endilikda diqqat bilan kuzataman. Kimga muxlislik qilish borasida o'ylanyapman. SHomurodovning ehtimoliy bo'lajak jamoasini diqqat bilan kuzataman, bu aniq. CHempionlik masalasiga keladigan bo'lsam, "Bavariya" imkoniyatni qo'ldan chiqarmasa kerak, deb o'ylayapman. Germaniya chempionati Belarusdan ko'ra juda kuchli. SHu uchun endilikda futbol menyusi ancha ko'rkamlashdi. SHundan xursandman.


Abdulaziz Iskandarov, (championat.asia muxbiri, doim "Bunyodkor" jamoasini yoritadigan jurnalist va sobiq kurashchi):

- Karantindan oldin ham Germaniya Bundesligasini har doim bo'lmasada kuzatib borardim. Muxlislik desam noto'g'ri bo'lsa kerak, lekin Dortmundning "Borussiya" klubining o'yinlariga befarq emasman. O'sha bir necha yil oldin Yurgen Klopp shakllantirgan ajoyib jamoa meni mehrimni qozongan va o'sha mehrning tomchilari hali ham oqib turibdi. Bugunga kelib esa o'sha tomchilar yomg'ir misoli shildirayapti. Endi chempionlik uchun favorit doimgidek "Bavariya" bo'lib qoladi. Ammo, karantindan tasirida vaziyat o'zgarishi mumkin. Boz ustiga turnir jadvalida myunxenliklardan keyin o'rin egallagan jamoalar bilan ochkolar o'rtasidagi farq katta emas. Bu borada Yulian Nagelsman boshqarayotgan "Leypcig" ham kutilmagan natijalar qayd etish ehtimoli yo'q emas. Lyusen Favr boshchiligidagi dortmundliklar o'z uslublarini yo'qotmagan holda barqarorlikni taminlay olsa, unda kuchli uchlikdan o'rin olishi mumkin. Ammo, baribir "Bavariya" o'z falsafasiga va annasiga ishongan holda birinchi o'rinni hech kimga bermasligini taxmin qilyapman.


Faxriddin Ro'ziev, (championat.asia muxbiri, filolog bo'lishni orzu qilgan amaldagi yosh jurnalist):

- Germaniya chempionatini oldin ham kuzatganman. Joriy mavsumdan etiboran doimiy kuzatuvchisiga aylangandim. Endi ham majburiy tomoshabini sifatida sog'inishga ham ulgurdim. Ochig'i, Myullerni personal muxlisi sifatida 2012 yildan buyon "Bavariya" jamoasi ishqiboziga aylanganman.


Jahongir Fayzullaev, (Bundesliga o'yinlarini teleekran orqali bo'lsa ham rasmga olishga bel bog'lagan championat.asia fotografi):

- Bundesligani avvaldan tomosha qilganman. Dadam bilan ancha yillar oldin birinchi marotaba esimni tanib futbol ko'rganim yodimda, o'shanda "Bavariya" o'ynagan va shu-shu myunxenliklarga mehrim tushgan. Hozir ham "Bavariya"ga muxlislik qilib turaman. CHempionlik uchun kurash juda qiziq bo'ladi. Intriga xuddi Tolibjon Qosimov ustozim bilan meni o'rtamizdagi darajada. Kim "Bavariya" ekanligini aytishimga hojat yo'q, shekilli. Jiddiy aytadigan bo'lsam, futbolni shu qadar sog'indimki, hozir Nodir akam tomonlaridan tashkillashtiriladigan bolalar musobaqasiga ham qor yoki yomg'ir yog'sa ham borish istagidaman. Bunday paytda Bundesliga "Tezkor studiya"ni tomosha qilish kabi qiziq.



SHerzod Nurmatov, (AGMK hujumchisi SHahzod Nurmatovga umuman aloqasi bo'lmagan, ayni paytda jurnalistika sohasi bo'yicha tahsil olayotgan namunali talaba va championat.asia saytining bekobodlik muxbiri)

- Kuchli ligalar ichidan Bundesliga birinchilardan bo'lib jonbozlik ko'rsatgani dunyo futboli muxlislari uchun yoqimli holat va bu uchun Liga rahbariyati, Germaniya hukumati hamda Merkel xonimga SHahboz aka orqali alohida tashakkur bildiraman! Bundesliga deganda xayolimizda shiddatli bahslar gavdalanadi. U erda tezkorlik havas qilarli darajada. CHempionlik uchun jiddiy jang kechishi aniq. Hozir bu bo'yicha qandaydir taxmin bildirish qiyin.

Men "Borussiya" Dortmundga muxlislik qilaman. Marko Roys, Jeydon Sancho va Erling Xoland ishtirokidagi o'yinlarni ko'rish insonga zavq bag'ishlaydi. 

Bundesliga restarti(26-turi)da "Borussiya" Dortmund" - "SHalke" o'zaro to'qnash keladi. SHubhasiz, markaziy o'yin!  Balki, bu o'yindagi natija ikki jamoaning jadvaldagi keyingi taqdirini belgilab berishi mumkin. 

Bundan tashqari, chempionat etakchisi - "Bavariya", taqibchilar "Leypcig" va "Bayer" klublarini ham unutmaslik lozim.

Nima bo'lganda ham hammasini vaqt ko'rsatadi. Willkommen zurück, Bundesliga!  Echte Liebe, BVB!


Omonjon To'xtamirzaev ,(championat.asia jurnalisti, futbolda omadi chopmagach otam qilgan ishni qilaman deb jurnalistika eshigini "taqillatgan" "realshunos" ijodkor):

- Barcha o'yinlarni ko'rib bormasamda, markaziy o'yinlarni o'tkazib yubormaslikka harakat qilaman. Dortmundning "Borussiya"si o'yinlarini muntazam kuzatib boraman. Yana "Bavariya"dan ortda qolayotgan bo'lsada, mavsum so'ngida "arilar" chempionlikni qo'lga kiritadi deb umid qilaman.

Odatda maydondagi jamoalarning biri raqibidan kuchliroq bo'lsa, neytral muxlis aksariyat hollarda kuchsizroq jamoaga yon bosadi. Balki bu o'yin qiziqroq bo'lishi uchundir. Nazarimda, Germaniyada ham shunga o'xshash holat. U erda "Bavariya"ning muxlislari va boshqalar bordek.

Germaniyada istalgan klubning etakchisi futbolchisi jamoani tark etishi haqida tortinmay ayta olamiz, bu haqida muntazam mish-mishlar paydo bo'laveradi. Dortmundga yaqinda kelib, zo'r o'ynayotgan va jamoaga foydasi tegayotgan Erling Xolland ham, unga yaqindan ko'mak berayotgan Jeydon Sanchoni ham, yoki "Bayer"dagi Kay Xavercni, "Leypcig" himoyasining asosiy ustuni Dayo Upamekano va h.k.z.

Bundesliga etakchilaridan birida porlagan futbolchini hali "Liverpul"ga, hali "Real" yoki "Yuventus"ga osongina o'tib ketishi mumkinligi bu borada ham "Bavariya" Bundesligada qolganlardan bir bosh ustunligini ko'rsatadi. Yani bir tasavvur qiling, "Barselona" yoki "Manchester Siti"da ajoyib o'yin ko'rsatayotgan va jamoasi qo'yib yuborishni istamagan futbolchi qandaydir jiddiy bir sabab bo'lmasa (ECHLdan chetlatish yoki klubdagilar bilan janjallashib qolmasa) jamoadan ketishi mushkul ish. Nemis klublarida esa buning iloji bor ("Bavariya" bundan mustasno).

SHu sababli ham Germaniyada har tomonlama olib, umumiy qaralganda hozir bitta top-klub bor desam, ko'pchilikka yoqmasa kerak, lekin ko'rayotganlarimiz shuni isbotlayotgandek. Biroq bu chempionatga bo'lgan etiborga salbiy tasir qilmayapti deb ayta olaman. SHaxsan o'zim o'sha "Borussiya"dan tashqari, avval "Xoffenxaym"da, endi "Leypcig"da muvaffaqiyatga erishayotgan Yulian Nagelsman faoliyatini katta qiziqish bilan kuzatib boryapman.

Yana bir qiziq jihat, Germaniya darvozabonlar maktabi kuchlilar qatorida tilga olinadi va yulduz posbonlari etarli. Lekin bu narsa chempionat uchrashuvlari gollarga boy o'tishiga halaqit qilmaydi. Balki bunga germaniyalik darvozabonlar chet elga ketib qolgani sababdir. Etakchilar tarkibiga qaraydigan bo'lsak, faqat Noyerni ko'ramiz. Ikkita "Borussiya"da shveycariyaliklar — Roman Byurki Dortmunda va Yan Zommer Menxengladbaxda. "Leypcig"da darvoza vengriyalik Peter Gulachiga ishonib topshirilgan, "Bayer"da esa finlyandiyalik Lukash Gradecki. Termaga jalb etiladiganlar Mark-Andre ter SHtegen Ispaniyada, Bernd Leno Angliyada, Kevin Trapp Franciyadan shu mavsum avvalida qaytdi. Bundesliga odatda shiddatli o'yinlari va yangi iqtidorlarni kashf qilishi bilan kishi etiborini tortadi.


Zoir Tursunboev ,(championat.asia operatori, ko'p gapiradigan, lekin montajda yarmini "qirqib" tashlaydigan profi):

- Bundesligani boshqa chempionatlar o'tkazilayotgan vaqtda kam kuzataman. Asosan “Borussiya Dortmund“ jamoasining gollari videosini ko'rib turaman. Karantindan keyingi chempionat qiziq bo'lishi mumkin. Lekin, o'ylashimcha, yana "Bavariya" chempion bo'lsa kerak.


Narzulla Saydullaev, (championat.asia jurnalist/muharriri, Nodirxo'ja Yuldoshevni saytdan "uzoqlashtirgan" ish boshqaruvchi):

- Karantindan oldin Bundesligani bazi-bazida, faqat markaziy bahslarini tomosha qilardim. O'yinlar muxlislar bilan shiddatli o'tardi. Afsuski endi nafaqat Bundesligada, deyarli butun dunyoda kamida shu yil oxirigacha futbol o'yinlari tomoshabinlarsiz o'tadi. 

CHempionatda "Bavariya" hozir 4 ochko farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Bu yana "Bavariya" chempioni bo'lishi 95 foiz aniq deganidir. Qolgan 5 foizning sababi nima deysizmi? Karantin vaqtidagi majburiy tanaffus, karantindan keyin o'yinlarning tez-tez o'tishi, muxlislar qo'llab-quvvatlovi yo'qligi kabi faktorlar qolgan besh foizni tashkil etadi. 

Karantindan so'ng Bundesligani tomosha qilamanmi? Jonli efirdagi futbolni sog'inganmiz uchun albatta tomosha qilaman. Robert Levandovski "Union Berlin"ga gol urib, uni yangi tug'ilgan farzandiga bag'ishlashini kutayapman.


Eldor Akmurzaev , (championat.asia muxbiri, ishga faqat maosh beriladigan kun keladigan, qolgan payt tungi klubda navbatda  ishlaydigan xodim):

- Germaniya chempionatini oldin kuzatmasdim. Yurgen Kloppning “Borussiya”si chiqib kelganidan keyin esa biroz qiziqish ortdi. Menimcha, chempion bu yil ham o'zgarmaydi, ammo karantindan keyin jamoalarning jismoniy holati qanday bo'lishi hali aniq emas.

Mavsumni yaxshi o'tkazayotgan “RB Leypcig”ni alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardim. Yulian Nagelsman yosh bo'lishiga qaramay, yaxshigina jamoani shakllantira oldi. Bu murabbiydan kelajakda ko'p narsani kutsa bo'ladi.


Tolibjon Qosimov , (championat.asia jurnalisti/fotografi, ko'p gapirib, kam ishlash bo'yicha usta):

- Bundesligani albatta tomosha qilaman, axir bunday ochiq va hujumkor o'yin ustuvor hisoblangan liga o'yinlarini o'tkazib yuborib bo'ladimi? Top-5dagi boshqa chempionatlarda hamon pauza ekanligini inobatga olsak, Bundesliga eng yaxshi musobaqaga aylanadi, vaqtincha. Germaniya chempionatini karantindan oldin ham kuzatib borardim. Umuman olganda deyarli barcha kuchli chempionatlarni kuzatib boraman. Lekin, endi avvalgidan ko'ra ko'proq o'yinlarni ko'rishim tabiiy. Balki, bu omil Bundesligada o'zim uchun yangi o'yinchilarni kashf qilish imkonini berar.

Germaniya klublari orasidan "Borussiya D"ga nisbatan simpatiyam ko'proq. Bunga jamoaning doimo hujumkor va tomoshabop futbol namoyish etishi va albatta "Signal Iduna Park"dagi fantastik muxlislik sabab.

Garchi, "Borussiya D"ga biroz simpatiyam bor bo'lsa-da, "Bavariya" oradagi 4 ochkolik farqni saqlab qola oladi. Flik boshqaruvni qo'lga olganidan keyin myunxenliklar yana ishonchli va samarali o'yin namoyish eta boshlashdi. Hozirgi holatda ularni "Borussiya" va "Leypcig" quvib o'ta olishi juda qiyin. 28-turdagi "Borussiya D" - "Bavariya" to'qnashuvi va 33-turdan o'rin olgan "Leypcig" - "Borussiya D" o'yinlari katta ehtimol bilan sovrindorlar ketma-ketligiga aniqlik kiritib berishi mumkin.


Kamoliddin Alimov , (qo'shni mahalla olamsport.com bosh muharriri va qator lavozimlar egasi, saylanmagan deputat va "Tezkor studiya"ning kechikuvchi, lekin o'zgartirilmas boshlovchisi):

- Murojaat bepisandlarcha javobsiz qoldirildi. (Bu erda sizning reklamangiz bo'lishi mumkin edi!)


Xayrulla Xoliqov , ("Lokomotiv" klubi matbuot kotibi va championat.asia ijodkori, Bundesligada doim "Bavariya"ga faqat bir kishi uchun qarshi chiqadigan inson):

- Murojaat bepisandlarcha javobsiz qoldirildi. (Bu erda sizning reklamangiz bo'lishi mumkin edi!)


Demak, Bundesliga restartiga bag'ishlangan saytimiz ijodkorlari tomonidan bildirilgan fikrlar shu erda tugadi. Men esa uzoq to'xtalmoqchi emasman. SHu paytgacha doim o'zim bu chempionat haqida gapirib keldim. Endi kamroq gapirgim kelyapti.

Bundesligaga umuman qiziqmaydigan ko'plab xodimlarimizning fikrlari siz uchun qiziqroq, aksincha, qiziquvchilarning fikrlari zerikarliroq tuyulgan bo'lishi mumkin. SHunisi aniqki, karantinda zerikib qolgan va avval zerikarli degan ko'plab muxlislar uchun endi va keyinchalik ham Bundesliga qiziqroq tuyulib qolish ehtimoli yuqori. SHu tempni yo'qotmang va Bundesligani doimo kuzating! Ayniqsa kelasi mavsumda Xudo xohlasa SHomurodov sababchi bo'lib Bundesliga yanada qadrli chempionatga aylanishi mumkin. Karantinda bunga tayyorlanib olavering, yaxshi niyatda :-)


P.S. Bundesligada "Bavariya" chempion, intriga yo'q deydiganlarga bir narsani eslatmoqchiman. Ko'pchilik 2-3 oy ilgari karantin davrini hayoliga keltirmagan, muxlislarsiz futbolni tasavvur ham qila olmagandi. Ko'p narsa shunday tez o'zgardiki, hamma uyda o'tirishga, karantin qoidalariga rioya qilishni odat qildi. Karantindan keyingi futbol qiyofasi va jamoalarning jumboq holati oldindan keskin xulosaga shoshilmaslik kerakligini anglatmoqda, nazarimda. Koronavirus butun dunyo hayotini odatiy tarzdan noodatiy holatga keltirdi. SHuningdek, koronavirus effekti Bundesligada odatga aylangan "Bavariya" chempionligiga ham tasir qilib, chempionatning noodatiy finishini taqdim etishi mumkin. SHu bois chempionlik masalasida shoshilmaylik.

Aslida esa futbolda eng qizig'i va shirin joyi intriga va raqobat. Bundesligada ayni dam ushbu tam mavjud va buni ko'pchilik jamoalar tatib ko'rmoqda. Kim chempion bo'lishi qanchalik muhim, agarda o'sha siz kutgan intriga haliyam "qaynab" turgan bo'lsa? Nima demoqchiman, Bundesligani kuzatish uchun ko'plab futbolga taaluqli sabablar mavjud va bu chempionat etibor markazida bo'lishga arziydi. Karantin davridan oldin ham, keyin ham bunga arzigan va arziydi. SHunchaki mazkur davrda bunga ko'pchilik amin bo'lishi mumkin.

Demak, katta futbol olamida karantin davri engillashmoqda, qoidalar esa yumshatildi. Bundesliga futbol haritasida hozirda yashil hududga aylanish arafasida.


Salomat bo'ling, yoqimli tomosha do'stlar!


SHahboz Beg'amov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика