Futbol maktablari o'rtasidagi respublika turnirida andijonliklar g'olib bo'ldi
13 noy 2015 20:42
Yangiliklar
Futbol maktablari o'rtasidagi respublika turnirida andijonliklar g'olib bo'ldi
Aytish lozimki, mazkur respublika turniri sakkizinchisidir. Har yili o'tkazib kelinadigan musobaqaga bu safar andijonliklar mezbonlik qildi.
O'yinlar Bo'ston dahasidagi bolalar va o'smirlar futbol maktabi stadionida bo'lib o'tdi.
Unda jami 9ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib bordi. Xususan “Andijon”, “Nasaf”, “Paxtakor”, “Dinamo”, “Buxoro”, “Navbahor”, “Neftchi”, “SHo'rtan” hamda “Buxoro-2” jamoalari ikki guruhga bo'lingan xolda o'zar kuch sinashdi.
Yakunda esa finalga vodiy ikki klubi yo'l oldi. Muhammadrasul To'xtasinov boqsharuvidagi “Andijon” hal qiluvchi bahsda “Neftchi” bilan ro'baro' keldi. Unda mezbonlarning qo'li baland kelib, bosh sovrin aynan “Andijon” jamoasiga nasib etdi. G'oliblar Kubok va bir qator qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
Islombek Rustambekov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar