So’nggi yangiliklar

23:41Асрор Алиқулов: "Иккинчи тайм учун йигитларга раҳмат айтаман"  0 23:22Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврада ўзимизни кўрсатиб, аввалги мақомимизга қайтмасак бўлмайди"  1 23:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ тўққиз киши бўлиб "Бавария"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  146 22:50Аёллар. Ўзбекистон терма жамоаси Непални пенальтилар сериясида мағлуб этиб, 23 йиллик танаффусдан сўнг Осиё чемпионатига чиқди  4 22:10Качоррининг дубли "Бунёдкор"га "Андижон" устидан ғалаба тақдим этди  43 21:55Суперлига. ОКМК "Машъал" майдонида қийинчилик билан ғалаба қозонди  4 20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  5 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  5 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  2 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  0 16:10Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   11 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  16

"Futbol hamma uchun" yoxud FFA So'h va SHohimardonda! Yangiliklar

"Futbol hamma uchun" yoxud FFA So'h va SHohimardonda!

Teglar :  Futbol hamma uchun
Mamlakatimizda 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan Farg'ona futbol associaciyasi viloyatning eng chekka hududlari bo'ylab futbol musobaqalari tashkil etdi.

Turnirning ilk bosqichi So'h tumanida o'tkazildi. "Futbol hamma uchun" deb nomlangan musobaqada So'h tumanidagi mahalla yoshlari sportning mini-futbol turi bo'yicha bellashdilar. Unda 2007, 2008 hamda 2009-yilda tug'ilgan bolalar o'zaro bellashdilar. Finaldagi "Rovon" hamda "CHashma" futbolchilari o'rtasidagi o'yinda "Rovon" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. G'oliblar Farg'ona futbol associaciyasi tomonidan medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. SHu o'rinda, So'h tumani hokimligi va tuman Yoshlar ittifoqi vakillari viloyat futbol associaciyasiga tashkil etilgan turnir uchun minnatdorchilik bildirishdi.



"Futbol hamma uchun" turnirining ikkinchi qismi SHohimardon qishlog'iga ko'chdi. 100 nafarga yaqin mahalla bolalari o'rtasidagi turnir ham qizg'in ruhda kechdi.  "Nasriddinboy" va "Dashariq" mahalla yoshlaridan tashkil topgan jamoalar finalga qadar etib borishdi. Bellashuvni farg'onalik yosh hakam Oybek Azamjonov boshqarib bordi. Asosiy vaqtda g'olib nomi aniqlanmagach, yakuniy natija penaltilar seriyasiga ko'ra belgilandi.  Unda "Nasriddinboy" jamoasi g'olib keldi. Final bahsidan so'ng g'oliblarni taqdirlash marosimi o'tkazildi.    Unda Farg'ona futbol associaciyasi  1 vice- prezidenti Rasuljon Yuldashev so'zga chiqib, shoximardonlik yoshlarni tabrikladi.

- Birinchi o'rinda turnirda ishtirok etgan barcha bolalarga rahmat aytib qolmoqchiman, - deb gap boshladi Rasuljon Yuldashev - Bugun garchi g'olib nomi bitta jamoa bo'lgan bo'lsada, barcha jamoalar chempionlikka hos tarzda kurash olib borishdi. Musobaqa o'yinlari shuni ko'rsatdiki, bu erda ham iqtidorli yoshlar talaygina topiladi.  SHohimardonda mana shunday turnir tashkil qilishimizdan asosiy maqsad, qishloq futbolini rivojlantirish, yoshlar o'rtasida futbolni ommallashtirish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ibot qilishdan iborat. Sizlarni safingizdan ham Odil Ahmedov, Server Jeparov, Sardor Rashidov singari mashxur futbolchilar etishib chiqadigan palla etib keldi. Umid qilamanki, kelajakda SHohimardondan ham mana shunday O'zbek futbolining yulduzlari etishib chiqadi. Bu borada Sizlarga omad tilab qolaman, - dedi Rasuljon Yuldashev.

SHundan so'ng, nafaqat g'oliblarga, balki musobaqaning barcha ishtirokchilariga Farg'ona futbol associaciyasi tomonidan medal, diplom, futbol to'plari, formalar hamda adabiy kitoblar sovg'a tarzida taqdim etildi. SHuningdek, turnirni barcha o'yinlarini qiziqish bilan kuzatib borgan imkoniyati cheklangan bolalarga ham "turnirning eng yaxshi muxlisi" nominaciyasi ostida sovg'alar topshirildi.  Farg'ona futbol associaciyasi yil davomida viloyatning barcha shahar va tumanlarida mana shunday turnirlarni o'tkazishni reja qilgan.

Hojiakbar Jabborov
So'h va SHohimardondan maxsus

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика