So’nggi yangiliklar

17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  23 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2

Futbol erasi Yangiliklar

Futbol erasi

Futbol shunday o'yinki, unda har doim ham kuchli jamoalar g'alaba nashidasini suravermaydi.

Bunga Angliya milliy terma jamoasining oltin avlodi misol bo'la oladi. JCH 2002 va 2006da bu terma faqatgina chempion bo'lish uchun qatnashishi kerak edi, go'yo. Lekin taqdir birinchi safar ularni haddan tashqari kuchli bo'lgan “futbol afsungarlari” bilan ro'baro' qilgan bo'lsa, keyingi safar omadsizlikka uloqtirdi. Devid Bekxem shu o'yin uning terma jamoa safidagi eng so'nggi katta o'yini ekanini sezgandek yig'lagandi. Lekin nafaqat hayotda, balki futbolda ham har qancha qilingan mehnat samarasiz ketmaydi va mukofotini oladi. Omadsizliklar esa har doim ham g'olib emas.

Azaldan terma jamoa safidagi  yutuq  klubda erishilgan g'alabalardan ko'ra totliroq sanalgan. Buning farqi shundaki, terma jamoadagi sovrinni futbolchilar boshi uzra baland, vatan hissi bilan faxrlanib ko'taradilar. Klubda esa aksincha. Bir mavsum tugab, futbolchilar dam olib ulgurmasdanoq, ikkinchisi boshlanadi. Balki shu sababdan klubdagi omadsizlik tezda unutilar?! CHunki boy berilgan mavsumdagi xatolarni tezda o'nglash mumkin. Lekin terma jamoada bu uchun kamida ikki yil kerak, o'shanda ham o'xshasa... Aynan shu narsa klubdagi sovrinlarning qadrini biroz xira qilayotgandek. Aynan shu narsa argentinaliklarning Messini Maradona bilan bir qatorga qo'yishmayotganligiga sababdir balki?!  

Yangi asrdagi bir jihat futbol jamoatchiligini bolalar futboliga etibor berishga, bolalar futboli infratuzilmasini yaxshilashga etibor berishga undamoqda. Yangi asr jahon chempionlariga nazar solar ekanmiz, har mundialda chempion bo'lgan terma jamoalar o'sha davr futbolidagi iqtidorli va yulduz futbolchilarni jamlay olganiga etibor qaratamiz. To'g'ri, jahon chempioni bo'lgan har bir terma futbolchisi o'z-o'zidan yulduz sanaladi-da deyishingiz mumkin. Ammo aynan o'sha chempion bo'lgan jamoa o'zining oltin avlodi bilan 5-6 yil qolgan barcha terma jamoalarni daxshatga solganini ko'rishimiz mumkin.  O'sha oltin avlod vakillari o'z klublarida ham ajoyib o'yinlar ko'rsatgan. So'nggi 6-7 mundial chempionlariga etibor qaratsak, har terma o'z tarixidagi oltin avlodga ega bo'lganligini ko'ramiz yoxud muvaffaqiyat taqdirning tuhfasi yoki tasodifidir. Balki shu sababdan ham, Portugaliya va Greciyaning  chempionligi ochiq havodagi to'satdan chaqqan chaqmoqqa o'xshaydi.  Ularning shohsupada uzoq vaqt qola olmaganliklariga sabab ular davrning eng sara ijrochilariga ega bo'lmaganliklaridadir?! 1998 yil o'z yashil maydonida kechgan mundialni yutgan francuzlar ikki yil o'tmasdan Evropa taxtini zabt etdi. Tarkibdagi Zidan, Anri, Viltor, Peres, Desayilarning barchasi o'z klubida yuksak cho'qqilarga chiqayotgan davrlar edi. 2002 yilgi chempionlarga esa ortiqcha tarifning hojati yo'q. Rivaldodan estafeta tayoqchasini qabul qilib olayotgan “Barsa”dagi Ronaldino keyin haligacha davom etayotgan “Barselona”ning shonli davrini boshlab berayotgan edi. Ronaldo, Roberto Karlos, Kafu o'sha davr ramziy terma jamoalarining doimiy azolari edi. Ronaldoning “Oltin to'p”lari ham ayni davr mahsuli edi. 2006 yil tarixdagi eng yodda qolarli chempionatlardan biri sifatida etirof etiladigan mundialda esa “moviy gvardiya” o'z vaqtida “norasmiy jahon chempionati” deya etirof etilgan Italiya A Seriyasining eng so'nggi effektlari sabab g'alaba qozondi. CHempion tarkibni eslang! Maldinidan tashqari boshqa barcha A Seriya yulduzlari jamlangan edi: Nesta, Pirlo, Buffon, Del Pero, Totti, Kamoranesi… Mana bu haqiqiy oltin avlod. Bu jamoa chempionlikga loyiq edi. To'g'ri, o'sha yili francuzlar ham chempionlikka loyiq edilar, ammo eslang kimning tarkibi "yulduzliroq" edi? Kimning tarkibi o'zining futboldagi erasini o'tkazayotgandi?  Garchi oxirgi kunlari bo'lsa ham faqat bu oltin avlod qarshisida “Zizu” Jahon Kubogi yonidan alamli tarzda o'tib ketgani muxlislarga adolatsizlikdek tuyuldi.

2010-yilgi Jahon CHempionlarining o'sha davr futbolidagi gegemonliklari esa alohida tarix. Xosep Gvardiola yaratgan futbol falsafasining taraqqiyoti Ispaniya milliy terma jamoasi uchun omad formulasiga aylandi. O'sha qon va tarkib bilan ular osonlikcha Evropani ham ikki yil o'tgach zabt etdilar. Etibor bering, JCH-2014 bilan boshlangan “Qizil Furiya”ning omadsizligi Evropa klublar futbolidagi “Barselona”ning cho'kishi bilan bir davrda kechdi. Bunga sabab o'zaro uzviy bog'liqlik edi. 2010-yillardagi “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi tarkibini eslang. Ramos va Alonsodan tashqari qolgan deyarli barcha futbolchilar Gvardiola futboli bilan oshna tutingan futbolchilar edi. 2008 yilgi Luis Aragonesning Ispaniyasi va uning chempionligi esa boshqa jihat. O'sha chempionlik bu oltin avlodning go'yo yaqin kelajakda butun jahon futbolini ham masofa jihatidan ham, uslub jihatidan zabt etishiga ishora edi. O'sha oltin avlodning qarishi va asta-sekinlik bilan jahon futbolidan ketishi ortidan “Barselona” ham gegemonlikni asta boy bera boshladi. Aynan shu sababdan 2014-yilgi jahonning navbatdagi chempionlari Germaniya milliy terma jamoasining gegemonligi uzoqqa cho'zilmagandir. Ha, ular faqat bitta chempionlik bilan kifoyalandilar. Bunda ularda ayb yo'q. Hamma gap Gvardiola futboli va uning oltin avlodining jahon futboli sahnasidan ketayotganida edi. SHubhasiz, Yoaxim Lyov ancha tajribali va futbolda o'z o'rniga ega mutaxassis sanalsa-da, nemislarning chempionligi to'la-to'kis Gvardiolaniki edi. CHempion jamoa o'zagini Gvardiola futbolini o'ynayotgan va uning uslubini xush ko'radigan futbolchilar tashkil etishardi.

Bugungi terma jamoalar futboliga nazar tashlar ekanmiz, hozirda eng mukammal tarkib va oltin avlod francuzlarda ekaniga amin bo'lamiz. Evro-2016 finali va o'tgan yilgi chempionlik faranglarda chinakam oltin avlod to'planganligiga ishora bermoqda. Tarkibdagi har bir chiziqda raqobat o'ta kuchli. Dide Desham oldidagi zaxira o'rindig'ining o'zidan yana ikkita ajoyib jamoa shakllantira olish mumkindek. Hujum chizig'i shu darajada originalki, Aleksandr Lyakazett, Nabil  Fekir, Antoni Martial va Usmon Dembele kabi salohiyatli futbolchilar hali hanuz jamoada o'z o'rinlarini topa olmaganlar. CHempionlar Ligasini uch marta yutgan Karim Benzemaning esa umuman keragi yo'q. Bundan tashqari, terma jamoa eshigini qoqayotgan yosh iqtidorlar ham etarlicha topiladi. Ha, yaqin o'tgan besh olti yilda Franciya chempionati faqat inkubator kabi boshqa ligalarga yosh iqtidorlarni etkazib berganligining chinakam foydasi endi sezilmoqda.

Yaqin kelajakda terma jamoalar futbolida francuzlarning yana ehtimoliy muvaffaqiyatini taxmin qilishimiz mumkin, lekin bunga bir terma jamoa rozi bo'lmasligi mumkin. Bu Angliya! Garet Sautgeyt terma jamoaning so'nggi yig'iniga qator yangi nomlarni jalb etdi va takidlash lozimki, jahon futbolini qo'rqitib qo'yishga ham erishdi. Xuddi o'zining so'nggi kashf etgan qurolini muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazib olgan davlatdek. Yangi nomlarning o'zi ko'p narsadan darak bermoqda. Hatto “qotil” Xarri Keynga ham tarkibda joy kafolatlanmagan. Markus Reshford xohlagan payt uning joyini egallashi mumkin. Yaqin kelajakdagi terma jamoa asosiy tarkibidagi joyga davogar bo'lishi mumkin bo'lgan nomlarga etibor bering: Kallum Xodson Odoi, Jeydon Sancho, Reys Nelson. Bularning qatorida esa Kayl Uolker, Xarri Keyn, Xarri Uinks, Dele Alli, Rahim Sterling, Markus Reshfordlarni tasavvur qilib ko'ring. Yoqdimi?

Maqolani yozish davomida o'ylab qoldim: bizning terma jamoamiz ham o'zining oltin avlodiga ega bo'lganmi? JCH-2006 saralashida alamli tarzda kurashni to'xtatgan avlodga ko'pchilik achinadi. O'sha yillari haqiqatdan ham ancha-muncha terma jamoa bilan hisoblashishga qodir bo'lgan futbolchilar jamlangandi. Undan keyingi avlod esa yaqindagina kurashni to'xtatdi. O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixida aynan shu futbolchilar “oltin avlod” nomiga munosib edi: Sasha Geynrix, Server Jeparov, Timur Kapadze, Ignatiy Nesterov, Odil Ahmedov… so'nggisi ham faoliyatini tugatay deb qoldi.  Lekin turli sabablarga ko'ra ular ham jahon chempionatiga chiqishdek baland cho'qqiga eta olmadilar.

Hozirda bizning terma jamoa ham Osiyo miqyosida o'z so'zimizni aytish imkoniyati mavjud. Bizning chinakam “oltin avlod”imizga aylanishlari mumkin bo'lgan  futbolchilar yangi erani boshlashga hozirlik ko'rayotgandek.. Jaloliddin Masharipov, Doston Hamdamov, Otabek SHukurov, Ikrom Aliboev, Javohir Siddiqov, Eldor SHomurodov… Bu tarkib chakki ko'rinmayapti. Yaqin o'n yillardagi milliy terma jamoamiz o'zagini shu futbolchilar tashkil etsa ne ajab?! Ustiga-ustak bu iqtidorlarga jahon miqyosidagi tajribali mutaxasis hamrohlik qilmoqda. Qani aytingchi, Osiyoda Qatardan tashqari yana qaysi terma jamoada shunday umidli tarkibni ko'ryapsiz?


Mamurjon Ibragimov

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика