So’nggi yangiliklar

09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  4 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  1 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  0 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  8 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  4 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  12 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  22 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  6 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  5

“Futbol do'stlik uchun” loyihasining barcha ishtirokchilari aniqlandi Yangiliklar

“Futbol do'stlik uchun” loyihasining barcha ishtirokchilari aniqlandi

FIFA va futbol bo'yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori - “Gazprom” kompaniyasining “Futbol do'stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasi shu yil 26 iyun kunidan boshlab 3 iyul kunigacha Sankt-Peterburgda (Rossiya) bo'lib o'tadigan beshinchi mavsumi start olganini elon qilgani haqida xabar berilgandi.

“Lokomotiv” futbol klubi tarbiyalanuvchisi Ilyos Ahmedov, Mirobod tumanidagi 110-maktabning 5-sinf o'quvchisi Amir SHaripov, UzReport telekanali muxbiri Orif Tolipov va sport sharhlovchisi Davron Fayziev iyul oyida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkil qilinadigan "Futbol do'stlik uchun" loyihasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

2017 yilda loyihaning ishtirokchi mamlakatlar soni 32 tadan 64 tagacha, yani, ikki barobar ko'paydi. O'zbekiston ham ishtirokchi mamlakatlar qatoridan joy olgan. Qura natijasiga ko'ra, O'zbekiston sharafini “Yashil do'stlik” jamoasida darvozabon himoya qiladi.



Musobaqa qoidalariga ko'ra, futbolchi (darvozabon) 10–12 yoshda bo'lishi, 2 yillik futbolchilik tajribasiga ega bo'lib, ingliz tilini bilishi va boshqalar bilan chiqishimli bo'lishi kerak. SHu maqsadda, O'zbekiston Futbol Federaciyasi mamlakatdagi futbol klublarning yosh darvozabonlari orasida 19 aprel kuni tanlov o'tkazdi. Bir necha bosqichdan iborat tanlovda mamlakatning qator klublari orasida “Lokomotiv” tarbiyalanuvichisi, 12 yoshli Ilyos Ahmedov g'olib bo'ldi.

SHuningdek, musobaqada har bir mamlakatdan bir yosh va tajribaga ega bo'lgan jurnalist qatnashadi. O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan o'tkazilgan monitoring natijalariga ko'ra, 12 yoshli Amir SHaripov yosh jurnalist sifatida, UzReport TV telekanalining informacion dasturlari muxbiri Orif Tolipov mazkur loyihada ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi.tajribaga ega bo'lgan jurnalist sifatida g'olib bo'ldi. Bundan tashqari, taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziev ham  “Futbol do'stlik uchun” loyihasida O'zbekistonning eng nomdor vakillaridan biri sifatida ishtirok etadi.



Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tadigan musobaqada O'zbekiston delegaciyasiga O'FF texnik direktori SHavkat Imomov rahbarlik qiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика