Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi boks bo'yicha O'zbekiston termasi azolari bilan uchrashdi
06 iyu 2017 11:48
Yangiliklar
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi boks bo'yicha O'zbekiston termasi azolari bilan uchrashdi
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayanning tashabbusi bilan tashkil qilingan tadbirda boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari futbolchilarga Rio olimpiadasi va boks bo'yicha Osiyo chempionatidagi hayajonli daqiqalar, musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari, g'alaba va mag'lubiyatni to'g'ri his qilish kabi mavzularda gapirib berdilar.
Tadbirda boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Rahmatjon Ro'zioxunov ham so'zga chiqib, bokschilarning hammasi futbol muxlisi ekanligini alohida takidladi va futbolchilarga hal qiluvchi o'yinlar oldidan omad va muvaffaqiyat tiladi.
Tadbirda bokschilardan SHahram G'iyosov, Bektemir Meliqo'ziev, Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliev, Isroil Madrimov va Elnur Abduraimovlar ishtirok etishdi. So'zga chiqqan SHahram G'iyosov, Isroil Madrimovlar ham futbolchilarga katta musobaqalardagi tajribalari haqida gapirib berib, O'zbekiston terma jamoasiga Eron bilan bo'lib o'tadigan hal qiluvchi o'yinda omad tiladilar.
Futbolchilar nomidan gapirgan terma jamoa sardori Odil Ahmedov ham bokschilarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, bundan keyingi musobaqalarda g'alabalar bardavom bo'lishini tiladi.
Uchrashuv yakunida ikki terma jamoa azolari esdalik uchun suratga tushdilar.


















championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar