Futbol bo'yicha Eron ayollar terma jamoasining to'rt futbolchisi erkak bo'lib chiqdi
11 fev 2014 12:51
Yangiliklar

Futbol bo'yicha Eron ayollar terma jamoasining to'rt futbolchisi erkak bo'lib chiqdi
Futbol bo'yicha Eron ayollar terma jamoasining to'rt nafar o'yinchisi gender testlaridan o'ta olmagani uchun malum muddatga diskvalifikaciya qilindi.
Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Eron ayollar terma jamoasining eng yaxshi to'rt nafar futbolchisi erkak bo'lib chiqdi va endi ularni jinsni o'zgartirish bo'yicha jarrohlik amaliyoti kutmoqda. SHundan so'ng ular yana ayollar terma jamoasi safida to'p surishlari mumkin bo'ladi.
Xabar berishlaricha, endi Eronda biror bir ayollar futbol klubi kim bilandir shartnoma imzolashidan avval, futbolchilarni albatta gender testlaridan o'tkazishi shart bo'ladi.
Agar bu odamlar o'z muammolarini operaciya yo'li bilan hal qila olishsa va belgilangan tibbiy talablarga javob berishsa, ular yana ayollar futboli musobaqalarida ishtirok etish huquqiga ega bo'lishadi, – dedi Eron futbol federaciyasi tibbiy komissiyasi rahbari Ahmad Hoshimiyon.
2011 yili Eron ayollar terma jamoasi bilan bog'liq boshqa bir hodisa ro'y bergan edi. O'shanda terma jamoani Olimpiya-2012 saralash bahslariga hijoblarda maydonga chiqishiga ruxsat berilmagani uchun, terma jamoa saralash bahslarida ishtirok etishdan bosh tortgandi.

Fikrlar