Futbol bilan yashash bunday bo'libdi!
16 dek 2014 13:40
Yangiliklar
Futbol bilan yashash bunday bo'libdi!
Daniel Engelbrext o'tgan mavsumning birinchi uchrashuvida yuragi to'xtab qolgan edi.
SHifokorlar "SHtutgart Kikers" futbolchisi hayotini maydonning o'zida saqlab qolgan edi, ammo tibbiy tekshiruvlardan so'ng uning yuragi doimo bir ritmda urmasligi aniqlandi.
24 yoshli hujumchining yuragi to'rt marta operaciya qilindi va 17 oydan so'ng safga qaytdi. O'tgan shanbada "Veena"ga qarshi uchrashuvda Daniel 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va o'z jamoasining g'alaba to'piga mualliflik qildi. Futbolchi ko'kragida kardiostimulyator bilan o'ynadi va maydonda yurak urishini boshqarib turadigan apparat bilan to'p tepgan birinchi nemis futbolchisiga aylandi.
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar