Futbol beshafqat o'yin
08 sen 2022 14:22
Yangiliklar


Futbol beshafqat o'yin
Evropa chempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan o'yinlar ichida eng dramatik bahs Madridda o'tdi.
90 daqiqa davomida jamoalar gol ura olishmadi. Bosh hakam 9 daqiqa qo'shib berdi.
90+1-daqiqada mezbonlar Ermosoning harakatlaridan keyin gol urishdi - 1:0.
Oradan 5 daqiqa o'tgach, "Portu" penalti orqali hisobni tenglashtirdi - 1:1.
Penalti belgilanishi va gol urilishi natijasida qo'shimcha daqiqalar yana ko'paydi.
90+11-daqiqa Antuan Grizmann boshi bilan gol urdi va "Atletiko"ga g'alaba keltirdi - 2:1.
Bahs so'nggida TV kameralari "Portu" libosidagi yosh bolakayni ko'rsatishdi.
Dastlab u hisob tenglashganidan xursand edi...
... Grizmann gol urganidan keyin bolakayga havas qilib bo'lmaydi.
Ha, azizlar, futbol beshafqat o'yin!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar