Futbol afsonasi Pele shifoxonaga yotqizildi
01 sen 2021 19:16
Yangiliklar


Futbol afsonasi Pele shifoxonaga yotqizildi
Braziliyalik afsonaviy futbolchi Pele shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Aniqlik kiritilishicha, Pele San-Paulu shahridagi Albert Eynshteyn shifoxonasining jonlantirish bo'limiga yotqizilgan. 80 yoshli sportchining hushidan ketgani aytilgan.
Keyinroq sportchi tvitter sahifasida hushini yo'qotmagani va o'zini yaxshi his qilayotganini malum qilgan. U koronavirus pandemiyasi tufayli tibbiy tekshiruvdan o'tayotganini takidlagan.
Pele "Santos" va "Nyu-York Kosmos"dagi o'yinlari bilan mashhur. Braziliya terma jamoasi tarkibida hujumchi uch marta jahon chempionligini qo'lga kiritgan, shuningdek, FIFA tomonidan o'tgan asrning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar