Furqat O'rolov: "PFLga bu yil badal puli to'lamaganimiz rost"
27 avg 2014 14:50
Yangiliklar
Furqat O'rolov: "PFLga bu yil badal puli to'lamaganimiz rost"
Birinchi liga ishtirokchisi "G'allakor-Avtomobilchi" joriy mavsum moddiy jihatdan biroz qiynalib qolgan ko'rinadi.
Taqvimga ko'ra ertaga o'z maydonida "UzDongJu"ni qabul qilishi lozim bo'lgan jamoa, PFL qaroriga ko'ra bu o'yinni o'tkaza olmaydi. Buning sabablarini bilish maqsadida bosh murabbiy Furqat O'rolov bilan bog'landik.
- Ha, chindan ham "UzDongJu" bilan o'yin o'tkazilmaydigan bo'ldi", - deya gap boshladi O'rolov. - PFL shunday qaror keldi. CHunki bu yil badal pulini to'lamasdan o'ynayotgandik. PFLga uchrashuvni o'tkazishni va keyinroq badal pulini o'tkazib berishni aytib murojaat qilganimizda, baribir ruhsat bermadi. Badal puli 20 million so'mni tashkil etadi. Bungacha badal uchun umuman pul o'tkaza olmay ishtirok etib kelayotgandik. Badal pulini to'lash maqsadida tuman hokimligiga murojaat qildik.
Tumanimizda futbolni juda sevishadi. Qolaversa jamoamiz ham birinchi liganing doimiy ishtirokchisidir. SHu bois umid qilamizki, rahbarlarimiz ushbu muammoni ijobiy hal etib beradi, - deydi "G'allakor-Avtomobilchi" bosh murabbiyi.

Fikrlar