

Boisi Furqat Hasanboev yaqinda Tojikistonning Xo'jand klubi safiga borib qo'shilgan. O'tgan mavsumni avvaliga Neftchi keyinchalik Andijonda o'tkazgan 26 yoshli futbolchi ilk bor legioner maqomi ostida bu yil Tojikiston chempionatida o'ynashi mumkin. Aytish mumkinki, Xo'jand OFK Kubogida ishtirok etadi.13 fevral kuni ushbu jamoa OFK Kubogidagi yurishini boshlaydi. Shu kuni tojikistonliklar safarda Turkmanistonning Ahal jamoasiga qarshi dastlabki uchrashuvini o'tkazadi.




