"Fulxem" "Yuventus" hujumchisi bo'yicha muzokaralarni boshladi
24 avg 2023 10:40
Yangiliklar
"Evening Standard" nashri xabariga ko'ra, "Fulxem" klubi "Yuventus"ga Moyze Kinni sotib olishni so'rab murojaat qilgan. "Fulxem"ga markaziy hujumchi poziciyasiga o'yinchi kerak, chunki ular yozda o'zlarining eng yaxshi to'purari Aleksandar Mitrovichdan ayrilishdi.
Moyze Kin londonliklar uchun yagona nomzod emas, biroq "Fulxem" u bo'yicha faol muzokaralarga kirishgan. Qizig'i, "Yuventus" aynan shu yilning yozida 23 yoshli hujumchini "Everton"dan ijaradan qaytgach, 30 million evroga sotib olgandi.
Moyze Kin "irislar" tarkibida APLda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar