“Frozinone” A Seriya yo'llanmasini qo'lga kiritdi
02 may 2023 08:38
Yangiliklar


“Frozinone” A Seriya yo'llanmasini qo'lga kiritdi
“Frozinone” Italiya B seriyasining 35-tur uchrashuvida “Rejina”ni 3:1 hisobida mag'lub etdi va muddatidan avval mamlakat oliy divizioniga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turgan Fabio Grosso shogirdlari 71 ochko jamg'arib, mavsum yakunlanishiga 3 tur qolganida ayni vaqtda uchinchi o'rinda ketayotgan “Bari”dan 10 ochko o'tib ketdi. Reglamentga ko'ra, chempionatda birinchi o'rinni egallagan ikki jamoa to'g'ridan-to'g'ri A Seriyaga yo'l oladi.
“Frozinone” sakkiz yil ichida uchinchi marta A Seriyaga yo'l oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar