Frenki de Yong: "Uydagi g'alaba baribir muhimroq"
02 may 2022 13:13
Yangiliklar


Frenki de Yong: "Uydagi g'alaba baribir muhimroq"
"Barselona" futbolchisi Frenki de Yong "Malorka" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.
"Jamoa bugun o'zini ko'rsata oldi. Garchi gol o'tkazib yuborgan bo'lsak-da, himoyada yaxshi o'ynadik. Hujumlarimiz xavfli ko'rinish oldi. Yakunda ajoyib g'alabaga erishdik. Baribir o'z maydonimizdagi g'alaba muhimroq. Barcha muxlislar bizdan g'alaba talab qiladi", - dedi de Yong.
Xavi boshqaruvidagi "Barselona" ushbu g'alabadan keyin LaLiga turnir jadvalida 2-o'ringa qaytdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar