Frenk Lempard: "Valensiya" bilan o'yin biz uchun dars bo'ldi"
02 okt 2019 19:55
Yangiliklar


Frenk Lempard: "Valensiya" bilan o'yin biz uchun dars bo'ldi"
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard CHempionlar ligasi doirasida "Lill"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"To'griso'z bo'lishimiz kerak. "Valensiya" bilan o'yin biz uchun darsa bo'ldi, eng yomon o'yin emas. Biz yaxshi o'ynadik va qoniqarli natida qayd etishimiz kerak edi. Lekin bir necha soniyalardagi etiborsizlik mag'lubiyatga olib keldi.
"Lill" ko'plab xavfli vaziyatlar yaratishi mumkin. Ularning hujum chizig'ida mahoratli va yuqori tezlikka ega futbolchilar bor. Ushbu bahsdan so'ng, bizda yana 4 ta o'yin qoladi. SHundan keyin umumiy kartinani ko'ramiz. Lekin, so'zsiz kelasi o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. Yaxshi futbol ko'rsatsak, orzu qilgan natijamizni olishga ishonishimiz kerak", – deydi Lempard.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar