Frenk Lempard "Ayaks"ga qarshi o'yindan oldin: "O'zimizga ishonamiz, ammo qiyin o'yin bo'ladi"
23 okt 2019 19:25
Yangiliklar


Frenk Lempard "Ayaks"ga qarshi o'yindan oldin: "O'zimizga ishonamiz, ammo qiyin o'yin bo'ladi"
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard CHempionlar ligasi 3-turida "Ayaks"ga qarshi bahsdan avval o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'zimizga ishonamiz, ammo qiyin o'yin bo'ladi. O'tgan yilgi o'yinlarini kuzatganman va ularning jamoasida biroz o'zgarishlar bo'lganini bilaman. Men ular tayyorlayotgan yangi xavf-xatarlardan xabardorman. Ular CHempionlar ligasining dastlabki ikki o'yinida ishonchli g'alaba qozonishdi. "CHelsi" ketma-ket 5 ta o'yinda raqiblaridan ustun keldi, bu hech nimani anglatmaydi, ammo umid qilamanki, etarlicha ishonchga ega bo'ldik", — deydi Lempard.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar