Frank Riberi: “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishim uchun yaxshi imkoniyat bor”
08 jan 2014 11:35
Yangiliklar


Frank Riberi: “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishim uchun yaxshi imkoniyat bor”
“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Frank Riberi, “Oltin to'p”ni qo'lga kiritish uchun o'z imkoniyatlari to'g'risida va Doxada mashg'ulot olib borish uchun yig'in boshlangani xususida to'xtalib o'tdi.
“Dam olishdan so'ng o'tkaziladigan birinchi mashg'ulotlar qiyin kechsada, ko'ngildagidek o'tdi. Tez kunda bunga ko'nikib ketamiz.
“Oltin to'p”? Bu haqda ko'p qayg'urayotganim yo'q. Ammo fikrimcha uni qo'lga kiritish uchun menda yaxshi imkoniyat bor. Biz butun 2013 yil mobaynida ajoyib o'ynadik. Yaqinda kim sovringa munosib ekanligini bilib olamiz”, - deydi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Riberi “Oltin to'p”ga davogarlik qilayotgan uch nafar nomzodlar ro'yxatidan joy olgan.
Taqdirlash marosimi 13 yanvar kuni Cyurixda bo'lib o'tadi.

Fikrlar