So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  4 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  21 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  16 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

Frank Raykard: “Bunday ishtirok haqida har bir murabbiy orzu qiladi” Yangiliklar

Frank Raykard: “Bunday ishtirok haqida har bir murabbiy orzu qiladi”

“Barselona”ning Ispaniya chempionatidagi muvaffaqiyatsiz starti Luis Enrikegacha klubda ishlagan murabbiylardan biri to'g'risida eslashga majbur qildi.

Frank Raykard ham klubda ishini yaxshi boshlay olmagandi, lekin mavsum yakunida la liga va CHempionlar ligasida zafar quchgandi. “Marka” nashriga bergan intervyusida Raykard jamoaning hozirgi holati xususida to'xtaldi.

- Hozir nima bilan mashg'ulsiz?
- Futboldan nari ketdim. Amsterdamda oilam bilan xotirjam yashab, boshqa ishlar bilan shug'ullanyapman.

- “Barselona”da ishlagan paytdan qanday xotiralar qolgan?
- O'sha vaqt va boshdan o'tkazgan ajoyib lahzalar uchun faxr tuyg'usini his qilaman. Albatta, afsuslanarli vaziyatlar ham bo'lgan, lekin doimo “Barsa” haqida yoqimli taassurotlarga ega bo'lish uchun harakat qilganman.


- Debyutingiz omadli bo'lmagandi.
- Biz klubga u bir necha yil mobaynida hech narsa yutmagan paytida kelgandik. Birinchi mavsumning boshida juda qiyin bo'ldi. Keyin barchasi joyiga tushdi. Ko'p holda men o'yinchilarga minnatdorchilik bildiraman, ayniqsa Ronaldinoga. U muxlislar ishonchini oqlab, yangi “Barselona”ning asoschisiga aylandi.

- Jamoadagi ishingiz yakunida Ronaldino yaxshi o'yin ko'rsatmagan paytda ham unga nisbatan qattiqqo'l bo'lmaganmisiz?
- Yo'q, murabbiy sifatida tanlangan yo'ldan yurishni istardim. Futbolda ko'tarilish va pasayish yuzaga keladi, o'zgarish doim ro'y beravermaydi.

- Bunday klubda futbolchilar bilan muloqot qilish kerakmi yoki ulardan bo'ysunishni talab qilish zarurmi?
- Bazida o'yinchilar o'z kibrlarini yo'q qilishi uchun qatiy choralarni ko'rish lozim. Bunda muloqot ham, tartib ham zarur bo'ladi.


- Karlo Anchelotti “Real”dan ketganda unga qatiylikning etishmasligi pand berganini aytishdi.
- Diktator deyilgan murabbiylar ham futbolchilar bilan muloqotga kirishishga majburlar. Aks holda, ularga hech kim ishonmaydi.

- Qo'l ostingizda debyut qilgan past bo'yli argentinalik haqida qanday o'ylaysiz?
- Messi bilan ajoyib narsalar ro'y berdi. U futbolda erishgan narsalarni ko'rganimdan xursandman. Biroq u sazovor bo'lgan narsalar faqat Messiga tegishli emas. Inesta, Xavi, Viktor Valdes... Ularning barchasi cho'qqiga chiqishni boshlashdi va futbol tarixiga kirishdi.

- Messi boshlagan paytda unda shunday imkoniyatlarni ko'rganmidingiz?
- U mashq qilganda barcha kuni ko'rgandi. Lekin imkoniyatga ega bo'lish va undan foydalanish boshqa-boshqa narsalardir.


- O'sha “Barsa”ning muvaffaqiyatlariga sabab nima edi?
- Jamoa uchun hamisha kuchli xorijliklar to'p tepishgan. Vaqti kelib, tarbiyalanuvchilar ularga raqobat qiladigan payt keldi. SHu tufayli malum davrda g'alabalarga erishish nasib etdi. CHunki xorijlik futbolchi 2-3 yil yuqori saviyada o'ynaydi va keyin ketadi. Natijada yangi cikl boshlanadi. “Barsa”da tarbiyalanuvchilar yuqori ijrochilik mahorati bilan ajralib turardi.

- O'sha davrni qaytarish imkonsiz: chiroyli o'ynash va tarbiyalanuvchilar bilan intilish.
- SHubhasiz, mahalliy o'yinchilar xorijliklardan o'rganish uchun intilishadi. Yulduzlar ketganda ular o'rinlarni egallashadi. Bu ish esa oson emas.


- Bugungi “Barsa”ni qanday ko'rasiz?
- Qandaydir xulosa chiqarishga hali erta. Messi jarohat oldi va jamoa usiz o'ynashni o'rganishi kerak. “Barselona”da maqsadlariga etishish uchun etarli imkoniyat mavjud.

- O'tgan mavsum bilan taqqoslaganda farqlar bormi?
- Luis Enrike va futbolchilarni o'tgan mavsumdagi ishtirok bilan tabriklash mumkin. Boshlanishi mening davrimdagiga o'xshab ketdi, lekin keyin jamoa birlashdi va kuchaydi, juda kuchli o'ynadi. Bunday ishtirok haqida har bir murabbiy orzu qiladi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика