So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  2 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  6 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  15

Franciyalik "Kichik shahzoda" - Antuan Grizmann! Yangiliklar

Franciyalik "Kichik shahzoda" - Antuan Grizmann!

Bugun Franciya terma jamoasi va "Atletiko" futbolchisi Antuan Grizmann 26 yoshga to'ldi.

SHu munosabat bilan bugun futbolchi haqida saytimiz orqali avval ham chop etilgan maqolani taqdim etamiz.


VikiMalumot: Antuan Grizmann - 1991 yilning 21 mart kuni Franciyaning Makon shahrida tug'ilgan. Kelib chiqishi portugal. "Atletiko"da to'p tepadigan Franciya terma jamoasi futbolchisi.

Laqabi: "Kichik shahzoda"

Tug'ilgan sanasi: 1991 yil, 21 mart

Mamlakati: Franciya

Bo'yi: 176 sm

Vazni: 67 kg

Klubi: "Atletiko"

Raqami: 7



"Men Antuan uchun ham ota, ham ona edim". Grizmanni kim "odam" qildi?


"Sen juda kichkinasan, kuchsizsan. Seni maydonda yutish juda oson. Kuchliroq bo'lish kerak".

Antuan Grizmann ushbu so'zlarni juda ko'p marotaba, ayniqsa francuz jamoalariga ko'rikka borganida eshitgan. Kelib chiqishi afrikalik bo'lgan baquvvat yigitlar fonida Antuan juda nozik ko'rinardi. Unga "Sent-Eten", "Lion" va "Oser" jamoalari rad javobini berganlar.

Biroq, u 13 yoshga to'lganida barchasi o'zgarib ketdi. O'shanda "Monpele" Grizmanni Parijdagi bolalar turniriga olib borgandi. Barcha bolakaylar "Monpele" liboslarini kiyib olishgan, Antuanga esa futbolka etmay qolgandi.

Deyarli butun o'yin davomida zaxirada o'tirgan Grizmann o'yin yakunida 10 daqiqaga maydonga tushadi. Biroq, o'sha 10 daqiqa unga skaut Erik Olatsning etiborini tortishga etarli bo'lgandi. U "Real Sosedad"ning asosiy tarkibi uchun Evropa va Afrika bo'ylab futbolchi izlab yurgandi. PSJdagi kichik stadionga esa shunchaki do'stlarini oldiga borgandi.

"U texnik tomonlama kuchli, oson, jismoniy tomonlama kuchsiz bo'lsada, qolganlarga qaraganda yaxshi futbol o'ynay olardi. O'shanda agar u jismoniy tomonlama ozgina kuchaysa, ajoyib futbolchi bo'lishi mumkinligi haqida o'ylagandim", - deb eslaydi skaut.

Olats qog'ozchaga telefon raqamlarini yozib, Grizmanni qo'liga tutqazadi va uyga borganidan keyin qo'ng'iroq qilishini so'raydi. Yaqindagina Tunisdan dam olib qaytgan ota-ona esa nima qilishni bilmay qoladilar: tushunarsiz, maktab nima bo'ladi? Qaerda yashaydi? Bu qanchalik jiddiy?

Olats barcha ishlarini tashlaydi va 4 kun ularni oldida bo'ladi. Ana shundan so'nggina Grizmanni Ispaniyaga borishiga ruhsat tegadi.


Skautning uyidagi 6 yil

Avvaliga barchasi qiyin bo'ldi: u ispan tilini bilmasdi, ikkinchidan - ota-onasi uning franzuccha maktabda talim olishini istardi, uchinchidan - maktab-internatda joy qolmagandi. Tinchgina ortga qaytsa ham bo'lardi. Biroq, skaut qo'lidan kelgan barcha ishni qildi: Grizmann uning Franciya janubi-g'arbida joylashgan uyida yashaydigan bo'ldi. U erdan San-Sebastyanga ham uzoq emas. Ertalab Antuan maktabga borar, tushda esa avtobusga o'tirib, chegara orqali mashg'ulotga borardi. Keyin yana ortga - skautning uyiga qaytardi.

"Antuanga boshida juda qiyin bo'lgan. U uyga qaytishni istar, yordamga muhtoj edi. O'zi uni qiyin paytda qo'llab-quvvatlash maqsadida 3 haftaga uyga olib borgandim. Yakunda esa 6 yil men bilan qoldi. Grizmann uchun men ham ota, ham ona vazifasini bajarardim", - deydi Olats.



"Ispaniyada birinchi navbatda jismoniy tayyorgarlikka emas, texnikaga etibor qaratiladi. Bu menga yoqqan albatta. Mashg'ulotlarda to'pni o'zimizda olib qolish ustida ko'p ishlardik. Buning uchun ko'p harakat qilish kerak. Bu esa menga yoqardi. Franciyada esa birinchi o'rinda jismoniy mashqlar turardi", - deydi Grizmann.

U "Real Sosedad"ga ko'chib o'tganidan so'ng uch oy ichida ispancha gaplashishni o'rganib oldi. Hozirda u ispanchani o'zi uchun asosiy til deb hisoblaydi.

Grizmann bir yilda bir marotaba 2-3 kunga uyiga borib kelardi. Ortga qaytish oldidan esa otasi: "Xo'sh? Balki biz bilan qolarsan endi?". Antuan istar-istamas unga rad javobini berar va qayg'uga botardi. Skautning eslashicha, Antuan tatildan qaytganidan so'ng doim yig'lardi.

SHuni aytib o'tish lozimki, Olatsni agentlik biznesi qiziqtirmaydi. U haliyam "Real Sosedad"da ishlaydi va Antuandan o'z maslahatlarini ayamaydi.

"Biz kuniga 2-3 marotaba "WhatsApp" orqali yozishib turamiz. Huddi yaqin do'stlardek gaplashamiz. U menga juda ishonadi. Kelajagi haqida maslahatlashadi. Men unga shunchaki o'z fikrimni aytaman va u diqqat bilan eshitadi", - deydi skaut.

Avgust oyi so'nggida Grizmann boshqa boshqa futbol agentlari bilan ishlamasligini malum qildi. Endi barcha shartnomalarni uning o'zi rasmiylashtiradi: "Men faqat otamni va ustozim Erik Olatsni eshitaman".


Luis Suaresni kashf qilgan murabbiy

Grizmann 2009 yilda "Real Sosedad" safida debyut qoladi. Bu kutilmaganda, tasodifan ro'y beradi. Jamoaning asosiy tarkib futbolchilaridan biri jarohat oladi va urugvaylik murabbiy Martin Lasarte yoshlar jamoasidan chap qanot futbolchisini so'raydi. Murabbiylar avvaliga Bingen Erdoziyani tanlashgandi. Ammo, u ham jarohat olgandi: yakunda esa Grizmann asosiy tarkibga chaqirilgan.



Mavsumoldi yig'inlarda bo'lib o'tgan o'yinlarda Antuan 5 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan va o'zi uchun asosiy tarkibdagi o'rnini deyarli naqd qilib olgandi. O'z vaqtida "Nasonal"da Luis Suaresga asosiy tarkibdan joy topib bergan murabbiy keyinchalik eslaydi: "Grizmanni ilk marotaba maydonga tushirayotib, Suaresning debyuti esimga tushib ketdi. O'shanda uning foydali ekanligiga hech qanday shubha bo'lmagandi".

2011 yilda unga Xosep Gvardiola tomonidan qiziqish bildirilgandi. Uch yildan so'ng esa "Atletiko" yulduziga aylana oldi. Diego Simeone uning tezligi va texnikasini hisobga olgan holda o'z jamoasiga qo'shib olgandi. Biroq, bularning barchasi oson bo'lgani yo'q. 2014 yilning oktyabrida Grizmann hisobida Primeroda bitta ham gol bo'lmagandi. Undan norozi bo'lgan Simeone Antuanni matbuot orqali ruxlantirishga harakat qilgan: "Umid qilamizki, biz uchun muhim bo'lgan ushbu yosh futbolchi bir kun kelib erkakka aylanadi va ajoyib futbolchiga aylanadi".

Futbolchining bunga javobi uzoq kuttirib qo'ygani yo'q. O'sha gapning ertasiga Grizmann dubl qayd etadi. Keyingi 10 ta o'yinda esa 7 marotaba gol kiritishga muvaffaq bo'ladi.



U Simeone bilan birga ishlashni muvaffaqiyatlarining asosiy sabablaridan biri deb hisoblaydi: "U - harakatlanuvchi kuch. Dastlabki mashg'ulotlarda men charchardim, oyoqlarim harakatlanishi qiyin bo'lardi. Keyin esa barchasi o'z o'rniga tushib ketdi. Diego bor etiborimizni o'yinga qaratishimizni istaydi.

2016 yilda esa Grizmann o'zining eng yuqori saviyasiga ko'tarila oldi: Franciyani Evro finaliga olib chiqdi, "Atletiko" safida 32 ta gol kiritdi. Messi va Ronaldudan so'ng dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'la oldi.

Baribir, 12 yil oldin skaut Olatsning Parijga do'stlarini oldiga borgani yaxshi ish bo'lgan. Nima dedingiz?


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика