Franciya vaziri Kilian Mbappening PSJdan ketishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
18 apr 2024 11:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/787657_original.jpg)
![](/upload/storage/787657_220.jpg)
Franciya vaziri Kilian Mbappening PSJdan ketishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Franciya sport vaziri Ameli Udea-Kastera PSJ hujumchisi Kilian Mbappening jamoadan ketishi haqida fikr bildirdi.
«U bizning futbolga aql bovar qilmas darajada ko'p narsa berdi. U Liga 1 musobaqasini boshqa darajaga olib chiqdi, ko'plab yosh futbolchilarning afsonasiga aylandi. Biz uni Franciyada ko'proq ko'rishni istaymiz va shu sababli uning boshqa jamoaga o'tishi biz uchun og'irlik qilmoqda.
U o'zining karerasini qurish uchun harakat qilmoqda. Nima bo'lgan taqdirda ham Mbappe Franciya termasining sardori bo'lib qoladi. Kilianni Parij olimpiadasida qatnashishini istagan bo'lardim», — dedi sport vaziri.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar