Franciya terma jamoasi o'yinchisi "Milan"ga o'tishi mumkin
28 avg 2019 15:56
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/514975_original.jpg)
![](/upload/storage/514975_220.jpg)
Franciya terma jamoasi o'yinchisi "Milan"ga o'tishi mumkin
"CHelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayoko "Milan"ga qaytmoqchi.
"Rossonerilar" rahbariyati ham 25 yoshli franciyalik o'yinchini ortga qaytarishga qarshi emas.
CHunki, milanliklar o'yinchisi Frank Kessie ham "Monako"ga o'tishga yaqin turibdi. "Milan" bu futbolchini o'rnida aynan Bakayokoni ko'rmoqda.
Transferga halaqit beradigan yagona narsa bu "Milan" ustozi Marko Jampaolo texnikasi yuqori bo'lgan yarim himoyachilarga ko'proq ishonch bildirishidir.
25 yoshli Bakayoko o'tgan mavsum aynan "Milan"da ijara asosida harakat qilgan va A Seriyada 31ta o'yin o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar