So’nggi yangiliklar

15:05Бекзод Маматқулов: "2026 йилдан барча футзал клублари алоҳида юридик ташкилотга айланади. Энди футбол клубларига оғирлиги тушмайди. Роналдиньо билан келишиб олгандик, лекин..."   0 14:36"Ливерпуль" билан ўйин олдидан "Арсенал" мухлислари учун нохуш хабар  1 14:16Ўзбекистон Кубогида қайси жамоа ғолиб чиқади? Сунъий интеллект жавоб берди  9 13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  8 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  3 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  11 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  11 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  5 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  2 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1

Franciya. "Lans" safarda "Reyms"ni mag'lub qildi, Husanov to'liq o'ynadi Yangiliklar

Franciya. "Lans" safarda "Reyms"ni mag'lub qildi, Husanov to'liq o'ynadi

Franciya chempionatining 13-turi doirasidagi "Reyms" - "Lans" bahsi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Reyms – Lans 0:2

29 noyabr, 00:45 | "Ogyust Delon"

Gol: Tomasson (23), Nzola (61).

Reyms – Diuf, Akeme, Agbadu, Kipre, Buta, Teuma (Kone, 67), Atangana Edoa (Diakon, 66), Muneci (Moskardo, 80), Nakamura (Fofana, 67), Diakite (Salama, 81), Ito.

Lans – Samba, Medina, Husanov, Danzo, Diuf (El-Enaui, 46), Tomasson, Zaruri (Machado, 78), Labo-Laskari (Sotoka, 71), Frankovski, Fyuljeni (Odjediran, 78), Nzola (CHaves, 88).

Ogohlantirish: Diuf (32), Atangana Edoa (42), Labo-Laskari (66).

Reims

Ligue 1 . 13-tur

30/11/2024, 00:45

2
:
0
Tugadi

Lens

Adrien Thomasson - 23', M'Bala Nzola - 61'

Stadion: Stade Auguste Delaune, 18555 tomoshabin

Bosh hakam: Abdelatif Kherradji

45'
90'
42'  Valentin Atangana Edoa
66'  Valentin Atangana Edoa (Mamadou Diakhon)
67'  Teddy Teuma (Amadou Kone)
67'  Keito Nakamura (Yaya Fofana)
80'  Marshall Munetsi (Gabriel Moscardo)
81'  Oumar Diakite (Amine Salama)
23'  Adrien Thomasson
32'  Andy Diouf
46'  Andy Diouf (Neil El Aynaoui)
61'  M'Bala Nzola
61'  Angelo Fulgini
66'  Remy Lascary
71'  Remy Lascary (Florian Sotoca)
78'  Anass Zaroury (Deiver Machado)
78'  Angelo Fulgini (Hamzat Ojediran)
88'  M'Bala Nzola (Jhoanner Chavez)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Lans" turni ochib bergan uchrashuvda g'alabaga erishdi.

SHarhlovchining fikriga ko'ra, Husanov uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'lishi kerak. "U himoyadagi progressni nazorat qilib turibdi", dedi sharhlovchi.

90+2. "Reyms" o'ng qanotdan hujumga o'tdi. Uzatilgan to'pni Husanov qaytarib yubordi.

O'yinga 4 daqiqa qo'shildi.

84. Machado yana bir sherigi bilan raqib darvozasiga gol urish uchun etib bordi. Lekin offsayd qayd etildi. Lavhada offsayd yaqqol ko'rinib turibdi.

79. UXXXXX!! "Lans" jarima maydonchasi ichida "podkatni biri" bo'ldi. Abduqodir Husanov ideal to'pga tashlanishi bilan xavfli vaziyatni bartaraf qildi.

73. ZARBAAAAAAA! Ito tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Husanov raqibiga deyarli etib olgan bir pallada yaponiyalik futbolchi Samba darvozasini "o'qqa tutdi". Posbon to'pni oyog'i bilan qaytardi.

72. Sotoka o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va darvoza yonidagi Nzola tomon to'pni oshirdi. Himoyachilar amallab, to'pni burchakka chiqarib yuborishdi.

68. UXXXXXX! Itoning ayyorona zarbasi barcha raqiblaridan o'tib, darvozaga bordi. Hushyorlikni yo'qotmagan Samba to'pni ushlab oldi.

61. NZOLAAAAAA!!! GOOOLLLLLL!! Hisob ishonchliroq ko'rinishga kelmoqda! 2 daqiqa oldin oson vaziyatdan foydalana olmagan hujumchi qiyinroq vaziyatdan foydalanib ketdi!

59. NZOLAAAAA!! Qanday imkoniyat ediya... Diuf bilan birga bir vaziyatdan foydalana olmadi.

55. Xavfli vaziyat! "Reyms" posboni Diuf jarima maydonchasini tashlab chiqib, to'pni tepib yubordi. To'p esa Nzolaga kelib tushdi. Uning zarbasini darvozasiga qaytgan Diuf qiyinchilik bilan qaytardi.

49. Diakite endi El Aynauini atay yiqitdi. Hozircha kartochkalarsiz follar.

47. "Reyms" futbolchisi Diakite Husanovning boshini yorishiga saaaaal qoldi. Yaxshiki, kot-d'ivuarlik futbolchi to'xtab, tezda Abduqodirdan uzr so'radi. Odamgarchilik va sog'liq muhim baribir.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

44. ZARBAAAAAA! Zarurining zarbasini Diuf qaytardi! CHiroyli seyv bo'ldi.

42. Edoaning zarbasi noaniq ketdi. So'nggi daqiqalarda "Lans" darvozasi yonida bosim ortgan. Abduqodir Husanovni hozircha xato qilganini ko'rmadik.

37. SUPER ZARBAAA!! "Reyms" himoyachisi Akeme "Lans" darvozasiga shunday zarba berdi-ki, to'p tribunadan chiqib ketay dedi)

35. Diuf ikkinchi sariq kartochkasini olishi mumkin edi. U raqibini ochiqchasiga turtib, yiqitdi. Butun stadion futbolchiga kartochka berilmaganidan norozi bo'ldi.

33. "Lans" darvozasi tomon xavfli nuqtadan jarima zarbasi belgilangandi. Diakitening zarbasi jonli devordan o'tmadi.

32. Tezkor hujumga o'tayotgan Itoni yiqitgan Diuf ogohlantirildi.

25. "Lans" ikkinchi golga yaqin kelgan bo'lardi, agarda to'p himoyachidan o'tganida...

23. GOOOOOOLLLL!! Tomasson hisobni ochdi! Uning o'ng oyoqda yo'llagan kuchli zarbasini Diuf qaytara olmadi.

22. "Lans" muxlislari mehmonlar sektorini yondirishmoqda. To'g'ri manoda aytilyapti, rostdan ham yonuvchi moddalar ishlatishmoqda.

19. "Lans" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Diuf uzatgan to'pni jamoadoshi darvoza tomon yo'lladi. Reyms posboni to'pni ushlab oldi.

17. Tomasson raqibining ortidan chalgani uchun hakamdan dakki eshitib oldi.

16. Endi "Lans" chap qanotini ishga soldi. Tomassonning havodan uzatmasi hech kimga tegmasdan darvozabonga etib bordi.

11. "Reyms" o'ng qanotdan hujumga o'tdi. Itoning uzatmasini Samba ushlab oldi.

1. Uchrashuvga start berildi.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Matnli translyaciyamizni boshlaymiz.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика