So’nggi yangiliklar

02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  1 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  3 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  2 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  18 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  11 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  59 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9

Franciya. "Lans"dan durang, Husanov to'liq o'ynadi Yangiliklar

Franciya. "Lans"dan durang, Husanov to'liq o'ynadi

Franciya chempionati 15-turidagi "Oser" - "Lans" bahsi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Oser" – "Lans" 2:2

14 dekabr, 23:00 | "Abbe-Desham"

Gollar: El-Enaui (22), Perren (31), Nzola (45), Osho (73).

Oser – Leon, Akpa, Jubal, Osho, Onaivu (Beyr, 65), Perren, Mensa, Danua, Ovusu (Raveloson, 81), Joli (Xuver, 65), Sinayoko.

Lans – Samba, Medina, Xusanov, Danzo, Frankovski, El-Enaui (Diuf, 69), Tomasson, Zaruri (Machado, 81), Fyuljeni (David Koshta, 69), Labo-Laskari (Sotoka, 81), Nzola.

Ogohlantirish: Sinayoko (21), El-Enaui (51), Mensa (52), Joli (64).

Auxerre

Gaetan Perrin - 31', Gabriel Osho - 73'

Ligue 1 . 15-tur

14/12/2024, 23:00

2
:
2
Tugadi

Lens

Neil El Aynaoui - 22', M'Bala Nzola - 45'

Stadion: Stade de l'Abbe-Deschamps, 17052 tomoshabin

Bosh hakam: Jeremy Stinat

45'
90'
21'  Lassine Sinayoko
31'  Gaetan Perrin
52'  Gideon Mensah
64'  Paul Joly
65'  Paul Joly (Ki-Jana Hoever)
65'  Ado Onaiwu (Thelonius Bair)
73'  Gabriel Osho
73'  Lassine Sinayoko
81'  Elisha Owusu (Rayan Raveloson)
90'  Gaetan Perrin (Florian Aye)
22'  Neil El Aynaoui
22'  Remy Lascary
45'  M'Bala Nzola
45'  Przemyslaw Frankowski
51'  Neil El Aynaoui
63'  Abdukodir Khusanov
69'  Angelo Fulgini (David Da Costa)
69'  Neil El Aynaoui (Andy Diouf)
81'  Remy Lascary (Florian Sotoca)
81'  Anass Zaroury (Deiver Machado)
89'  Adrien Thomasson (Hamzat Ojediran)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Lans" g'alabani qo'ldan chiqardi. Husanov bugun yana bir o'yinni yuqori darajada o'tkazdi. 61-daqiqada esa undan kichik master-klass ko'rdik.

90+7. UXXXXXXX!! Mezbonlar g'alabani ilib ketishi mumkin bo'lgandi. Hayriyat-ki, yaqkuniy zarba noaniq bo'ldi.

90+3. "Lans" yana hujumda. Bu safar Machado raqibining podkatidan keyin to'pni yo'qotdi.

90+1. EXXXXX!! Hisob o'zgarishi mumkin edi. Machado gol ham urgandi. Yaqqol offsayd bor edi.

89. "Lans"da yana bir xavfli vaziyat. Machadoning uzatmasidan keyin Sotoka boshi bilan zarba yo'lladi. To'p darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi.

86. "Lans" jarima maydonchasi yonida yana standart. Bu safar to'p darvoza tomon tepilmadi, sheriklar tomon uzatildi. Uzatma yomon chiqmadi, zarba yomon bo'ldi.

83. ZARBAAAAAA!! Koshta hisobni o'zgartirishi mumkin edi. Uning yaqin burchakka yo'llagan zarbasi darvoo'a to'rining tashqi tomoniga tegdi.

80. "Lans" hujumga o'tdi. Labo-Laskari to'pga zarba bergandan keyin raqib markaziy himoyachisi Akpa bilan oyog'i to'qnashdi. "Lans" futbolchisi jarohat olib, tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Bu orada uning o'rnini Sotoka to'ldirdi.

73. Gol! Hisob baribir tenglashdi. Osho to'p uchun kurashda Danzodan ustun keldi va boshi bilan to'pga zarba berib, hisobni tenglashtirdi.

67. Xavfli vaziyat yuzaga keldi. Sinayoko "Lans" jarima maydonchasigacha kirdi va darvoza yonida gol urishga chog'lanib turgan sherigi tomon to'pni oshirdi. Samba sakrab, to'pni qaytarib yubordi.

64. Ruscha mem esga tushdi: "Vot eto povorot". Joliga "artistligi uchun" sariq kartochka ham berildi, penalti bekor qilindi. Abduqodirning tajribasi ish berdi. U raqibni ko'rdi va oyog'ini tortib oldi. SHu sababli u raqibiga tegmadi.

Ie! Yo'q-ku penalti! Obbo, artist Joli-e) Yuz foiz ishonaman penalti berilmaydi.

62. Penalti! "Lans" darvozasi tomon. Husanovning folidan keyin Joli yiqildi va 11 metrlik nuqtaga ishora qilindi.

61. "Oser" o'ng qanotdan pozicion hujum uyushtirdi. Havodan uzatilgan to'pni Husanov autga chiqarib yubordi. Ikkinchi tempdagi hujumni himoyachi qaytardi.

55. "Oser" hujumda. Qanotdan darvoza yoniga to'p uzatildi. Sinayokoning oyog'idan Danzo to'pni "yulib oldi" va burchak zarbasi belgilandi.

52. Taxminan 40 soniya ichida ikkita sariq kartochka ko'rdik. Birinchisida El-Enaui Mensaga qarshi foli uchun, ikkinchisida Mensaningo'zi Labo-Laskariga qo'pol o'ynagani uchun.

48. UXXXXXXXXX!! Husanovning jarimadan yo'llagan zarbasi xavfli ko'rinish oldi. Darvozabon to'pni ushlab oldi.

47. "Lans"da jarima zarbasi to'p oldida Husanov.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

45. GOOOOOOOOLLLL!! NZOLAAAAAAA!!! Frankovskining bu safargi pasidan keyin Mbala raqib posboni bilan birga bir holatdan unumli foydalandi. Ortiqcha vaqt cho'zmadi va barchasini tezroq hal qildi!

42. UXXXXXX!! Burchak zarbasidan keyingi vaziyat xavfli ko'rinish oldi. Nzolaning zarbasi noaniq ketdi.

41. Nzolaning bir zarbasi va pasini Ovusu qaytardi. Burchak zarbasi.

38. NZOLAAAA?!!! Mbala to'pni egallab olib, raqib darvozasiga zarba berish nuqtasigacha bordi va vaqtni cho'zdi, himoyachi etib keldi va to'pni qaytarib yubordi. Burchak zarbasidan esa naf chiqmadi.

34. "Lans"da xavfli vaziyat. Nzola raqib jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib oldi. Lekin himoyachilar uning zarba berishigacha ish qoldirishmadi.

31. GOL! Perren jarima zarbasidan juda chiroyli gol urdi. Supergol bo'ldi.

29. "Lans" jarima maydonchasi yonida jarima zarbasi.

26. Bir narsaga hayron qoldim. VAR uncha-muncha vaziyatlarga aralashmayapti. Bizda o'yinni to'xtatib, hakamning qulog'ini ushlab, VARni eshitishiga o'rganib qolgan ekanman. Bu erda esa o'yin buzilmayapti.

23. Hisob tenglashishiga bir bahya qoldi! "Oser" yana pozicion hujum orqali "Lans" jarima maydonchasiga kirdi. Ilk uzatmani Abduqodir qaytardi. Ikkinchi pas esa o'tdi. Zarbani Samba o'ng oyog'i bilan qaytardi.

22. GOOOOOOOOOLLLL!!! El-Enaui hisobni ochdi! Qanotdan Labo-Laskarining uzatgan to'pini Neil kuchli zarba bilan darvozaga kiritib yubordi.

20. "Oser" uzoq vaqt davomida pozicion hujum uyushtirdi. "Buzoqni yugurgani somonxonagacha" deganlaridek, "Oser"ning yugurguni Abduqodirgacha" bo'ldi.

17. Fyuljenining zarbasi noaniq ketdi.

14. UXXXXXXX!! "Lans" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin edi. Abduqodir Husanov raqibi Sinayokoni to'xtatdi. VAR vaziyatga aralashmadi, bu vaziyatda fol qayd etilmadi. Bizda bunday vaziyatlarga penaltini shundoq berib yuborishlariga o'rganib qolibmiz)

9. UXXXXXX!! El-Enauining havolatib uzatmasidan keyin Tomasson raqib posboni yonida to'pni to'xtatdi. Leon to'pni ushlab olishi bilan offsayd hushtagi chalindi.

6. ZARBAAAAAAA!! Uchrashuvda chinakamiga golga tortadigan xavfli vaziyat yuzaga keldi. Zarurining "Yamal" uslubidagi pasidan keyin Nzola raqib posboni bilan birga-bir holatga chiqib bordi. Uning zarbasini "Oser" posboni qaytardi.

3. Bahsni mehmonlar ketma-ket hujumlar bilan boshlashdi. Lekin "Lans" hali vaziyat yaratmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Franciyaga etiboringizni qaratamiz. Mamlakat chempionatida umumiy hisobda 24, ushbu mavsumdagi 13-o'yinini o'tkazadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика