So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Franciya deyarli B Ligaga tushib ketdi, Xorvatiya va Niderlandiya - top-guruhlarning eng yaxshilari. Millatlar ligasida nima yangiliklar? Yangiliklar

Franciya deyarli B Ligaga tushib ketdi, Xorvatiya va Niderlandiya - top-guruhlarning eng yaxshilari. Millatlar ligasida nima yangiliklar?

Teglar :  Millatlar Ligasi
Millatlar ligasi sekin-asta yakunlanib bormoqda - birinchi guruhlarning so'nggi o'yinlari o'tkazildi. U erda nimalar bo'ldi?

Daniya Franciyani B Ligaga ravona qilishi mumkin edi — bunga guruhda birinchi bo'lgan Xorvatiya halaqit berdi


• Franciya Millatlar ligasining top-divizionidan tushib ketgan Angliyaning yo'lini takrorlashi mumkin edi. So'nggi tur oldidan Dide Desham jamoasi Avstriyadan bir ochko oldinda edi — tushib ketishdan o'zini himoyalash uchun g'alaba qozonishlari kerak edi.


Hattoki hal qiluvchi vaziyatda ham barchasi o'xshamadi — Franciya mehmonda Daniyadan 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Birinchi taymdayoq ushbu hisob shakllantirildi: 34-daqiqada "Sevilya"dan Kasper Dolberg (ushbu mavsum hali klubida gol urmagan), 39-daqiqada esa "Bryugge"dan Andreas Olsen darvozani aniq nishonga oldi.


Franciya birinchi davrada ham Daniyaga yutqazgandi — Karim Benzemaning goliga "Kopengagen" hujumchisi Andreas Kornelius dubl bilan javob qilgan.



Mana Franciyaning muvaffaqiyatsizlik xronologiyasi: Daniya bilan 1:2, Xorvatiya bilan 1:1, Avstriya bilan 1:1, Xorvatiya bilan 0:1, Avstriya bilan 2:0 va Daniya bilan 0:2. Franciyaning "o'lim guruhi"ga tushmaganini hisobga olsak, juda zaif natijalar.


Atigi 5 ochko, ammo shu ham A Ligada qolish uchun etdi. Bu erda xorvatlarga alohida rahmat aytib qo'yish kerak.


• Bu guruhda nafaqat tushib ketishda, balki birinchi o'rin uchun ham intriga bordi. Xorvatiya baribir Avstriya (3:1)ga qarshi muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Gollarga Nikola Vlashich, Marko Livyya va Deyan Lovren mualliflik qildi. Yakunda ular xorvatlarni nafaqat "to'rtlar finali"ga olib chiqishdi, bundan tashqari B Ligaga Ralf Rangnik boshchiligidagi Avstriyani yuborgan holda, Franciyaga ham yordam berib yuborishdi.


Yakun: Xorvatiya — 13 ochko, Daniya — 12, Franciya — 5, Avstriya — 4.



Xorvatiyani 2023 yilning yozida finalli o'yinlar kutmoqda: u erda A guruhning 4 g'olibi o'ynaydi. Bu jamoalardan biri mini-turnirga mezbonlik qiladi. Yarim finallar 14 va 15 iyun, final va uchinchi o'rin uchun o'yin 18 iyunda bo'lib o'tadi.


Biz shuningdek ushbu musobaqaning ikkinchi jamoasini ham bilamiz.


Niderlandlar Belgiyani mag'lub etishdi


• Niderlandiya va Belgiya "quruq" o'yin o'tkazishdi: barchasini Virjil van Deykning 73-daqiqadagi aniq zarbasi hal qildi.



Bu o'yin rasmiy ravishda guruhdagi birinchi o'yin uchun kurash o'yini edi, ammo Belgiya yuqori o'rin uchun mehmonda uch to'p farqi bilan yutishi kerak edi. Barchasi birinchi davrada Niderlandiyaga qarshi 1:4 sabab.


Lui van Gal jamoasi katta ehtimol bilan JCH-2022dan katta umidlar qilishmoqda. Belgiyaga qarshi ikkita g'alaba — yaxshi natija.


• Polsha Uelsdan 1:0 hisobida ustun keldi — Garet Beyl va uning jamoasi so'nggi turda guruh autsayderligi statusini tasdiqlashdi. Polyaklarda g'alaba golini hujumchi Karol SHviderski kiritdi, Levandovski bu safar assist bilan cheklandi.


Yakun: Niderlandiya — 16, Belgiya — 10, Polsha — 7, Uels — 1.




Millatlar ligasining boshqa divizionlarida nima gaplar?


• C Ligasi: Qozog'iston kutilmagan holda Ozarbayjondan "tarsaki" edi — 0:3. Ko'p narsani 35-daqiqada "Zenit" himoyachisi Nurali Alipning chetlashtirilishi hal qildi — barcha uch to'p ikkinchi taymda kiritildi. Ammo, bu guruhdagi natijalarga tasir qilmadi: Qozog'iston birinchi o'rin bilan chiqdi, so'nggi turda Slovakiya bilan 1:1 o'ynagan Belarus o'tish o'yiniga yo'l oladi.


Yakun: Qozog'iston — 12, Ozarbayjon — 10, Slovakiya — 7, Belarus — 3.




Turkiya kutilmagan tarzda Farer Orollari (1:2)ga mag'lub bo'ldi — balki musobaqa motivaciyasi etmagandir. Terma jamoa muddatidan oldin B Ligaga qaytdi, shu sabab so'nggi o'yinlardan mano yo'q edi: bunga qadar Lyuksemburg (3:3) bilan qiziqarli o'yin o'tkazishgandi.



Lyuksemburg parallel o'yinda Litva (1:0)ni mag'lub etdi. Jadval hayratga soladi — Litva juda ham pastga tushib ketdi.


Yakun: Turkiya — 13, Lyuksemburg — 11, Farer Orollari — 8, Litva — 1.




• D Liga: bu erda kutilmagan intriga. Yuqoriga chiqishga Latviya (12 ochko edi) va Moldova (10) davogarlik qilishdi. Ammo, yakuniy turdan so'ng o'rinlarni almashishmadi: latviyaliklar uchun C Ligaga chiqishga Andorra bilan 1:1 etarli bo'ldi, Moldova esa Lixtenshteynni 2:0 hisobida taslim etdi.


Yakun: Latviya — 13, Moldova — 13, Andorra — 8, Lixtenshteyn — 0. Latviya Moldova bilan o'zaro o'yin sabab yuqoriroqdan o'rin egalladi: 4:2 g'alaba va 1:2 hisobidagi mag'lubiyat.



Muallif : Alisher
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика