"Franciya chempioni bo'lganimizdan faxrlanamiz". Pochettino PSJ bilan xayrlashdi
06 iyu 2022 08:29
Yangiliklar
"Franciya chempioni bo'lganimizdan faxrlanamiz". Pochettino PSJ bilan xayrlashdi
Maurisio Pochettino PSJ bosh murabbiyi lavozimini tark etganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"PSJdagi barchaga eng yaxshi narsalarni tilayman: klub xo'jayinlari, rahbariyat, futbolchilar, barcha xodimlar va muxlislarga.
Nosir, menga yana PSJ oilasi azosi bo'lish imkoniyatini berganingiz uchun rahmat aytaman.
Birgalikda ajoyib lahzalardan va katta g'alabalardan zavq oldik, murabbiylar shtabimiz rivojlanish uchun doimgidek barchasidan xulosa chiqaradi.
Franciya chempioni bo'lganimiz bilan faxrlanamiz, bu men va oilam uchun katta ahamiyatga ega. Bu erda futbolchi sifatida jamoa sardori bo'lgandim, endi murabbiy sifatida chempion bo'ldim", - dedi argentinalik murabbiy.
Fikrlar