Franchesko Totti: "Yuventus" birinchi raundni yutdi, ammo oldinda hal qiluvchi bosqich turibdi"
25 dek 2014 01:57
Yangiliklar


Franchesko Totti: "Yuventus" birinchi raundni yutdi, ammo oldinda hal qiluvchi bosqich turibdi"
"Yuventus" birinchi raundada g'olib chiqdi, ammo hal qiluvchi bosqich hali oldinda turibdi. Ishontirib ayta olamanki, "Roma" "chempionlik poygasi"da so'nggigacha kurashadi va osonlikcha taslim bo'lmaydi. Biz jamoa sifatida o'tgan yilgiga nisbatan ancha o'sishga erishdik. Ushbu mavsumda o'z muxlislarimizni quvontirishga harakat qildik. Bu ishni hali ko'p davom ettirishini istaymiz. "Roma" o'z yo'lida davom etadi va bir qator yosh istedodlarni tarbiyalaydi. Bazi transfer oynasidagi ishlardan so'ng jamoamiz yanada yuqoriroqqa chiqadi.
CHempionlar ligasi? Avvalo izning ushbu turnirga qaytganimiz muhim bo'ldi. Biz Evropaning eng kuchli jamoalariga qarshi o'ynadik va tajribamizni oshirdik. CHempionlar ligasida qisqa ishtirok tufayli yuqori darajadagi muhitni o'zimizda his eta oldik. Manchesterda kiritgan ikkita gol men uchun juda muhim bo'ldi. Keyingi mavsumda "Roma" yanada muvaffaqiyatli qatnashishga harakat qiladi. Hozircha esa Evropa ligasidagi ishtirok haqida o'ylashimiz kerak.

Fikrlar