Fraciya terma jamoasi shifokori: “Bavariya” Riberini vaqtida davolay olmadi”
13 iyu 2014 14:30
Yangiliklar
Fraciya terma jamoasi shifokori: “Bavariya” Riberini vaqtida davolay olmadi”
Franciya terma jamoasi shifokori Riberining jarohatiga “Bavariya” hodimlari sababchi deb hisoblaydi.
“Riberining jarohati mundialgacha tuzalib ketishi kerak edi. Rentgen suratlariga qaraganda u hozirgacha sog' bo'lishi kerak. Ammo “Bavariya” Riberini vaqtida davolay olmadi, ustiga ustak Germaniya Kubogi finalida ham maydonga tushirdi. U terma jamoaga og'riq bilan keldi. Riberi endi avgust oyining o'rtalarida uchrashuvlarda qatnashishi mumkin”, - deydi Le Golya “AP”ga.
Fikrlar