Fozil Musaev: "Yaponiyaga qarshi bahs natijasi boshqacha bo'lishi mumkin edi"
18 jan 2019 15:05
Yangiliklar


Fozil Musaev: "Yaponiyaga qarshi bahs natijasi boshqacha bo'lishi mumkin edi"
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Fozil Musaev Yaponiyaga qarshi bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichining 3-tur o'yini (1:2) haqida fikr bildirdi.
"Yaponiyaga qarshi bahsda yaxshi harakat qildik. Ulardan yomon o'ynamadik deb o'ylayman. Biroq raqaibning javob goli uchrashuv taqdirini o'zgartirib yubordi. Agar birinchi bo'limda g'alaba qozonganimizda, bahs natijasi boshqacha bo'lishi mumkin edi.
Ikkinchi gol urilgan vaziyatda raqib futbolchisi ko'zimga tirsagi bilan zarba berdi. Yaponiyaliklar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishini kutgan edik, ammo bunday bo'lmadi.
Endi bor etiborni navbatdagi o'yinga qaratib, ushbu bahsga tayyorgarlik ko'ramiz" - deydi Fozil Musaev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar