Fozil Musaev: "So'g'diyona" bilan o'yindagi g'alaba sensaciya emas"
16 avg 2021 20:51
Yangiliklar
Fozil Musaev: "So'g'diyona" bilan o'yindagi g'alaba sensaciya emas"
Garchi o'yin muxlislar kutganidek shiddatli va chiroyli o'tmagan bo'lsa-da, mezbonlar o'zlari uchun muhim bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdi. Mazkur bahsda g'alaba keltirgan yagona golga Fozil Musaev mualliflik qildi. Tur yakunlariga ko'ra, tajribali yarim himoyachi saytimiz tomonidan 15-tur ramziy terma jamoasiga kiritildi. Biz bu borada futbolchining fikrlarini tingladik.
"So'g'diyona" bilan o'yinda natija uchun o'ynadik. Hozirda "Turon" uchun har bir qo'lga kiritilgan ochko muhim hisoblanadi. Turnir jadvalida o'rnimizni yaxshilab olishimiz kerak.
To'g'ri, "So'g'diyona" turnir jadvalida yuqori o'rinlarda ketmoqda. Lekin ularni mag'lub etganimizni sensaciya demagan bo'lardim. Biz ortda qolgan uchrashuvlarda ham munosib harakat qilgandik. Faqat omad yoki nimadir etishmayotgandi. Agar kimdir buni sensaciyaga qiyoslasa, mayli, har kimning o'z fikri bor.
Igor SHkvirin futbolchilarga ishonch beryapti. O'zi nima istayotganligini, bizdan nimani kutayotganini yaxshi tushuntira olyapti", — deydi Fozil Musaev.
Fikrlar