So’nggi yangiliklar

19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  0 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  4 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6

Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (TOP-10) Yangiliklar

Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (TOP-10)

Jahon va Osiyo futbolini muntazam yoritib boruvchi Fourfourtwo.com 2017/18 yilgi mavsum bo'yicha Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisi nomini malum qildi.

Va nihoyat, eng kuchli o'ntalikka ham etib keldik. Sayt versiyasiga ko'ra quyidagilar Osiyoning hozirgi kundagi eng kuchli futbolchilari hisoblanadi. Demak, Top-10 bilan tanishamiz. 

#10. Rizo Guchannajod (Eron)
Klubi: "Xerenven" (Gollandiya)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 30
Futbolchiga tarif: Gollandiya chempionatida to'p surayotgan eronlik hujumchi Rizo Guchannajod ancha kuchli futbolchilardan biri hisoblanadi. U terma jamoada ham ishonchli o'yinlari bilan nom qozongan. U 2016/17 yilgi mavsumda 20ta goli bilan yodda qoldi.


#9. Sardor Azmun (Eron)
Klubi: "Rubin" (Rossiya)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 23
Futbolchiga tarif: Sardor Azmun yosh bo'lishiga qaramay, Osiyo yulduzlaridan biri. U Rossiyada, Osiyoda, Osiyo Kubogida, JCH saralash bosqichi hamda Evropa chempionlar ligasida gol urgan. Unga hatto "Liverpul"dan qiziqish bo'lgandi.


#8. Omar Xrbin (Suriya)
Klubi: "Al Hilol" (S.Arabistoni)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 24
Futbolchiga tarif: Omar Xrbin uchun ayniqsa o'tgan yil sermahsul keldi. U ham terma jamoa, ham klub miqyosida ko'plab gollar urdi. Uni "Al Hilol" 11,5 million dollar evaziga qo'lga kiritgan. Xrbin 2017 yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


#7. Metyu Leki (Avstraliya)
Klubi: "Gerta" (Germaniya)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 27
Futbolchiga tarif: "Ingolshtadt" safida uch mavsumni o'tkazgan futbolchi hozirda faoliyatini "Gerta"da davom ettirmoqda. U yangi jamoasida yaxshi harakat qilyapti. Leki "Gerta"da dastlabki o'yinidayoq gol urishga muvaffaq bo'ldi va berlinliklar "SHtutgart" ustidan 2:0 hisobida zafar quchishdi.


#6. Umar Abdulrahmon (BAA)
Klubi: "Al Ayn" (BAA)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 26
Futbolchiga tarif: Abdulrahmon o'tgan yil Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisi ro'yxatida birinchi o'rinni olgandi. Ammo bu safar 6-o'rin nasib etdi. Uning o'yinida ozgina pasayish yuzaga kelgandek, lekin OCHL bahslarida ko'ryapmizki, u hamon bir tekis o'yin namoyish etmoqda.


#5. Mett Rayan (Avstraliya)
Klubi: "Brayton" (Angliya)
Ampluasi: Darvozabon
Yoshi: 26
Futbolchiga tarif: Avstraliyalik darvozabon Evropaga yo'l olgach, avvaliga Belgiyada faoliyat olib bordi, keyin esa Ispaniyaga ko'chib o'tdi. Ammo "Valensiya"da uning ishlari yurishmadi. Natijada yana Belgiyaga qaytishga to'g'ri keldi. Oradan ko'p o'tmay Angliyadan taklif tushdi va u "Brayton" bilan shartnoma imzoladi. Tim Krul bilan o'zaro raqobatda esa engib chiqdi.


#4. SHinji Kagava (Yaponiya)
Klubi: "Borussiya D" (Germaniya)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 29
Futbolchiga tarif: MYUda ishlari yurishmagan Kagava yana qadrdon klubiga qaytdi. U yaponiyalik futbolchilar orasida Bundesligada eng ko'p gol urgan. Kagava klub bilan mavsumni yuqori notada yakunlab olgach, bor etiborini jahon chempionatiga qaratmoqchi.


#3. Alirizo Jahonbaxsh (Eron)
Klubi: "AZ Alkmaar" (Gollandiya)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 24
Futbolchiga tarif: Evropada muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan eronlik futbolchilardan biri. 24 yoshli to'purar Gollandiya klubi safida birin-ketin gollar urishda davom etmoqda. U ham jahon chempionatida o'ynaydigan futbolchilardan biri.


#2. Aaron Muy (Avstraliya)
Klubi: "Xaddersfild" (Angliya)
Ampluasi: Yarim himoyachi
Yoshi: 27
Futbolchiga tarif: U Avstraliya chempionatida o'ynab yurgan kezlari Evropaga chiqishni xohlashini aytib o'tgandi. O'shanda futbolchi "Melburn Siti"da o'ynardi. Ko'p o'tmay Aaron Muy "Manchester Siti" bilan shartnoma tuzdi va keyinchalik ijara asosida "Xaddersfild"ga o'tib ketdi.


#1. Son Xyong Min (J.Koreya)  
Klubi: "Tottenxem" (Angliya)
Ampluasi: Hujumchi
Yoshi: 25
Futbolchiga tarif: Birinchi o'rinda kim bo'lishi mumkin? Albatta, Xarri Keyn, Dele Alli, Kristian Eriksen kabi yulduzlar bilan elkama-elka to'p surayotgan koreyalik fubolchi. Son - juda kuchli o'yinchi, unda to'satdan "portlash" xususiyati yuqori. Uning jahon chempionatida koreyaliklarga sardorlik qilishi kutilmoqda.


X.Xoliqov tayyorladi.


Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (50-41 o'rinlar)

Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (40-31 o'rinlar)

Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (30-21 o'rinlar)

Fourfourtwo.com Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisini elon qildi (20-11 o'rinlar)

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика