So’nggi yangiliklar

15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4

Fotomaqola: "Tashkent Cup-2014". O'zbekiston - Ozarbayjon 3:6 Yangiliklar

Fotomaqola: "Tashkent Cup-2014". O'zbekiston - Ozarbayjon 3:6

Kecha "O'zbekiston" sport majmuasida "Tashkent Cup-2014" xalqaro turniri yakunlandi.
Musobaqaning uchinchi kunida O'zbekiston terma jamoasi Ozarbayjonga qarshi bahs olib bordi va 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib, yakunda uchinchi o'rinni band etdi. Quyida ana shu uchrashuvdan fotomaqolani etiboringizga havola etamiz.


O'ZBEKISTON madhiyasi yangramoqda...


O'zbekiston va Ozarbayjon terma jamoalarining bosh murabbiylari Bahodir Ahmedov hamda Faustino Perez.


Terma jamoamizning har bir o'yinidan oldin ana shu ulkan bayroq hilpiradi.


Har ikki jamoa sardorlari - SHuhrat Tojiboev va Rizvan Farzaliev o'zaro sovg'a almashishmoqda.


To'p uchun kurashda Dilshod Irsaliev hamda Xatai Bagxirov.


To'p bilan "xitoylik" Dilshod Raxmatov, raqiblarimiz bosh murabbiyi esa Dilshodni qo'yib yuborgani uchun himoyachilardan norozi.


Davron Abduraxmonov hisobni qisqartirgach...


Davronning goliga tovoni bilan pas bergan Sarvar SHoaxmedov kechagi o'yini bilan terma jamoaga munosib ekanligini isbotladi.


Janob Faustino bir daqiqa ichida o'tkazib yuborilgan ikkita goldan hayratda...


Ozarlar darvozaboni Jiovanni Buranello esa murabbiydan ham o'tib tushdi, boshqa o'ynamayman deb o'tirib oldi.


"Nu, pogodi" multfilmidagi raqs esingizdami???


Konstantin Sviridov ana shu zarbasidan keyin terma jamoamizni hisobda oldinga olib chiqqan edi.


Ozarbayjon terma jamoasining parketdagi beshta futzalchisidan to'rttasi asli braziliyalik mahalliylashtirilgan o'yinchilar. Faqatgina 15 raqamdagi Xatai Bagxirov ozar millatiga mansub.


"SA" talqiniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasining turnirdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan Artur Yunusovning jon holatda sakrashi ham jamoamizni uchinchi goldan qutqarib qola olmadi.


Mag'lubiyatga qaramay VATANIMIZ bayrog'i butun o'yin davomida baland hilpiradi, bayrog'imiz xalqaro maydonlarda bundan ham baland hilpirayversin!!!


Tolibjon Qosimov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика