So’nggi yangiliklar

21:29"Бавария" Бундеслига жорий мавсумидаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 21:25АПЛ. "Борнмут" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар маълум  0 20:51Тедди Шерингем: "Арсенал" ўзи ҳақида ҳаддан ташқари юқори фикрда, улар рақибни ҳурмат қилишни ўрганишлари керак"  7 20:17Виктор Фонт Лапортани аёвсиз танқид қилди: "Унинг даврида шаффофлик йўқолди ва алдов авж олди"  4 19:46"We will be back". Златан Ибрагимович Арнольд Шварценеггер билан тушган суратини намойиш этди  4 19:42Фабио Каннаваро: "Бу йиғин чемпионатдаги барча футболчиларга сигнал бўлиши керак"  3 18:55"Манчестер Сити" - "Вулверхэмптон". Ҳусанов ва Гэҳи "шаҳарликлар" ҳимоя марказини қўриқлайди  18 18:37Туркия. Шомуродовдан ассист, "Башакшеҳир"дан йирик ғалаба  13 18:20НАЗОРАТ ЎЙИНИ. "Бунёдкор" Болгария клуби устидан ғалаба қозонди  1 17:58U-23 Осиё чемпионати тугашига битта ўйин қолди: Бугун финал  4 17:47"The Telegraph": "Манчестер Сити" натижалари пасайишига Гвардиоланинг келажаги борасидаги мавҳумлик сабаб бўлмоқда  3 17:21Арбелоа "Реал"да Хаби Алонсо давридаги машғулотлар тизимини ўзгартирди  3 17:00Кэррик учун иккинчи имтиҳон ва Италиядаги топ ўйинлар  3 16:34РАСМАН! "Челси"нинг собиқ юлдузи Виктор Мозес энди Қозоғистон жамоасида ўйнайди  7 16:06"Арсенал" Хулиан Альварес бўйича норасмий музокаралар ўтказди: Унинг товон пули 500 миллион евро!  2

Fotomaqola: Qo'ysangchi, SHoh... Yangiliklar

Fotomaqola: Qo'ysangchi, SHoh...

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi terma jamoamiz kecha "Jar" stadionida navbatdagi mashg'ulotlarini o'tkazishdi.

Kechagi mashg'ulotda terma jamoaga jalb etilgan barcha futbolchilar qatnashishdi. Server Jeparov va Zohir Qo'ziboev jarohati tufayli ayni paytda jamoa bilan birga emasligini avval malum qilgandik. Ulardan tashqari barcha futbolchilar safda. "Bunyodkor" himoyachisi Akmal SHorahmedov kechagi mashg'ulotlarni yakka tartibda o'tkazdi. Qolgan futbolchilar esa hech qanday cheklovlarsiz umumiy guruh bilan birga ishlashdi.


Avvaliga barcha futbolchilar yugurish mashqlarini bajarishdi va shundan so'ng tayyorgarlikning navbatdagi bosqichiga o'tishdi. Aleksandr Volkov odatdagidek futbolchilarga jismoniy mashqlarni bajartirdi. Bu safargi mashg'ulot o'tgan kungi mashqlardan farq qildi.

Keyinchalik futbolchilar to'p bilan ishlashdi. Bu mashg'ulot orqali futbolchilar raqibni aldash va himoyalanishni mashq qilishdi.


Mashg'ulotning navbatdagi qismida futbolchilar ikki guruhda bo'linishdi. Mirjalol Qosimov va Baxtiyor Ashurmatov: Lutfulla To'raev, Egor Krimec, Farruh Sayfiev, SHohruh Gadoev, Jasur Hasanov, Igor Sergeev, Ikrom Aliboev, Fozil Musaev va Islom To'xtaxo'jaev bilan birga mashg'ulot olib borishdi.

SHuhrat Maqsudov va Aleksand Volkov esa: Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, SHavkat Mullajonov, SHuhrat Muhammadiev, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Sardor Rashidov, Sanjar Tursunov, Bahodir Nasimov va Sanjar SHoahmedovlardan tashkil topgan guruhda boshchilik qilishdi.


Abdusattor Rahimov esa har doimgidek darvozabonlar bilan mashg'ulotlarda ter to'kdi. Har uchchala kiperimiz ham jiddiy ravishda shug'ullanishdi va kerakli paytda maydonga tushishga hozirlik ko'rishmoqda. Bu borada asosiy tarkibda kimni ko'yishda murabbiylar shtabi yaxshigina bosh qotirsa ajab emas. 

Keyin futbolchilar aralash tarkibda o'zaro futbol o'ynashdi.

Mashg'ulotning so'nggi qismida futbolchilar jarima zarbari va burchak to'plarini bajarish ustida ish olib borishdi.


Mirjalol Qosimov futbolchilarga to'p bilan qanday muomala qilishni ko'rsatmoqda

  - Sardor, jarima zarbalarini hadeb darvozaga tepish emas, jarima maydonchasi ichiga ham oshirib turish kerak

Akmal SHorahmedov shu kuni oyog'idagi og'riq tufayli mashg'ulotni to'liq tartibda o'tkaza olmadi. "Nasaf"ga qarshi o'yindagi mikro jarohat tufayli Akmal faqatgina yugurish mashqlari bilan cheklandi. Futbolchining jarohati jiddiy emas, shunchaki oyog'dagi og'riq sabab Akmal SHorahmedov kechagi mashg'ulotlarni asosan kuzatib bordi

   O'zbek futbolida vitaminizaciya bilan bog'liq muammolar hali ham bartaraf etilmagan. Bu borada bizda ishlar deyarli olib borilmay qo'yilgan. Faqatgina legionerlarimiz, xususan Vitaliy Denisov har bir mashg'ulotlardan so'ng vitamin istemol qiladi. Moskvaning "Lokomotiv" klubi Vityaga kerakli vitaminlarni o'zi bilan birga berib yuborgan. Qolgan futbolchilarimiz esa mashg'ulotdan so'ng issiqqina choy va qo'lbola tayyorlangan limon+choydan tashkil topgan "vitamin" ichishadi...

- Fozil aka, KXDRga qarshi o'yinda maydonga tushsam xet-trik qayd etaman. Mana bu issiqqina choy papayning ismalog'idan ham zo'r tasir qiladi, ko'rasiz...

- Qo'ysangchi, SHoh...

Terma jamoa mashg'ulotini kuzatish uchun mahallaning eng oldi kishilari ham tashrif buyurishgan

Abdusattor Rahimov har uchchala posbonimiz bilan bir xil maromda tayyorgarlik olib bormoqda. Kim maydonga tushadi? Qiziq va qiyin savol...

  Akbar To'raev nafaqat terma jamoada, balki klubda ham jiddiy raqobatga duch kelgan va aksincha hamkasblariga jiddiy raqobatni tashkil etib bermoqda

- Eldor, qara hozir 100dan ortiq "otjimaniya" qilaman, haligi vitaminning tasirida...

- Qo'sangchi, SHoh...


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика